Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

2412182018 yil 21 dekabrda “Alternatus” munozaralar maydonining navbatdagi “Biznes-ta'limni rivojlantirish va aholi moliyaviy savodxonligini oshirish muammolari” mavzusiga bag'ishlangan munozaralari

          O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida joriy yil 22 noyabrь kuni tijorat banklari faoliyatidagi tizimli muammolar va ularni bank tizimi moliyaviy barqarorligiga hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri to'g'risida yig'ilish bo'lib o'tdi va unda banklar mijozlari bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari vakillarini tadbirkorlik asoslariga o'qitish va moliyaviy savodxonligini oshirish, biznesni yuritish va biznes rejalar tuzish bo'yicha muammoli holatlar tanqidiy ko'rib chiqildi.

          Mazkur sohadagi haqiqiy ahvolni muhokama qilish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi binosida “Alternatus” munozaralar maydonining navbatdagi “Biznes-ta'limni rivojlantirish va aholi moliyaviy savodxonligini oshirish muammolari” mavzusiga bag'ishlangan munozaralar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

          241218 1Bu borada Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi hamda “AMBiT” Halqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Alternatus” munozaralar maydoni ilmiy doiralar, davlat organlari va xususiy biznes o'rtasidagi ishonchli munosabatlarni yo'lga qo'yishni maqsad sifatida belgilab olgan.

          Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

O'zbekistonda biznes ta'lim tizimini takomillashtirish sharoit va imkoniyatlari;

Iqtisodiy va moliyaviy savodxonlik: asosiy muammolar va rivojlanish yo'llari;

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha xalqaro tajribani amaliyotga kiritish.

          Shuningdek, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida Markaz hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka keng yo'naltirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar beriladi.

          Markaz va “Norma” professional rivojlantirish markazi o'rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumiga ko'ra, “on-layn” tarzda masofaviy, uzluksiz o'qitishni tashkil etish bo'yicha, yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish hamda ularni tadbirkorlikka kengroq jalb qilish maqsadida, www.direktor.uz (www.biznes.uz) portali vositasida moliyaviy savodxonlik bo'yicha “on-layn” tarzdagi kurslarni borishi muhokama qilinadi.

          Shuningdek, tadbir davomida O'zbekistonda islom bank infrastrukturasi va moliya tizimini joriy qilish yuzasidan tadqiqot olib borish, bu yo'nalishda tinglovchilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakunlari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi davlat raqobat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari va Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi o'rtasida hamkorlik to'g'risida kelishuv imzolanishi nazarda tutilgan.

Mazkur kelishuvga asosan tomonlar, bank mijozlari bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlarini biznes-ta'limga, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik asoslariga maqsadli o'qitish masalasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirishga e'tibor qaratadilar.

          Jumladan:

          Respublikaning tuman va shahar markazlarida bank mijozlari bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlarini biznes-ta'limga, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik asoslariga o'qitish;

          Hakkorlikda nazarda tutilgan yo'nalishlar bo'yicha joylarda master-klass va seminar-treninglar o'tkazish;

          Masofaviy (on-layn i of-layn) biznes ta'lim kurslari bo'yicha o'quv qo'llanmalari ishlab chiqish;

          Aholi va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning ananaviy va muqobil manbalarning mavjudligi, moliyaviy savodxonlikni oshirish masalalari bo'yicha ijtimoiy so'rov va tadqiqot o'tkazish.

          Ma'lumot uchun:

          Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi (keyingi o'rinlarda Markaz deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2017 yil PQ-2897-sonli “O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan davlat muassasasi shaklida tashkil qilingan.

          Markaz tomonidan Respublikamizda 2018 yil jami 687 ta (IV chorak bo'yicha 226 ta) bepul o'quv kurslari tashkil etilgan. Tashkil etilgan o'quv kurslarida 14 648 nafar tadbirkorlik sub'ekti vakillari va aholi (IV chorakda 8963 nafar) bepul o'qitilgan bo'lib, ularning 10 823 nafari sertifikatlar bilan taqdirlanganlar.

          O'quvlardan keyingi kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, joriy yilning Markaz tinglovchilaridan 768 nafari (IV chorakda 301 nafari) tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan bo'lsa, 331 nafar tadbirkorlik sub'ektlari o'z faoliyatlarini yanada kengaygan. Buning natijasida 1466 tadan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishilgan.

          241218 2Shuningdek, Markaz tinglovchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yanada kengaytirish maqsadida jami 11,8 mlrd. so'm miqdoridagi bank kredit mablag'lari olingan. Olingan mablag'lar asosan joylarda sanoat klasterlarini tashkil etish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, duradgorlik ustaxonalari, tikuv sexlarini ochishga yo'naltirilgan, shuningdek asalarichilik, chorvachilikni kengaytirishga, o'quv markazi ochish hamda savdo shahobchalari tashkil qilishga sarflangan.

          Davra suhbatining asosiy qatnashchilari:

O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi

Norma – professional rivojlanish markazi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi

O'zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi

Xalqaro moliya korporatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta nazorati davlat inspeksiyasi

Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy tadqiqot markazi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Toshkent Moliya instituti

Toshkent Halqaro Islom akademiyasi

Toshkent Xalqaro Vestminister universiteti

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

“International-House” Akademik litsey

O'zbekiston Lizingberuvchilar Uyushmasi

O'zbekiston buxgalterlar federatsiyasi

“Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish markazi - O'zbekiston”

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi

O'zbekiston kontent provayderlari korxonalari uyushmasi

Innovatsiya va menedjment markazi

O'zbek-Yapon markazi

“Bozor, pul va kredit” ilmiy-amaliy jurnali

                                                                            Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech