Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

2018-10-15 11h39 212018 yil 12 oktyabrь kuni O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O'zbekiston-Xitoy savdo-sotiq assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Hududlarda tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitishni takomillashtirish yo'nalishlari” mavzusida “Davra suhbati” bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2017 yil PQ-2897-sonli “O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan davlat muassasasi shaklidagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi (keyingi o'rinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil qilingan hamda mazkur qaror bilan Markazning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Shuningdek, Prezident qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun o'quv kurslarini tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 8 avgustdagi 602-sonli qarori qabul qilingan va Markazning tuzilmasi va moddiy texnik bazasini shakllantirish manbalari tasdiqlangan. Qarorga asosan, Markaz va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida viloyatlardagi kasb-hunar kollejlari bazasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan aholi uchun bepul o'quv kurslari tashkil etish belgilangan.

Tadbirda Tadbirkorlik asoslarini o'qitish respublika markazi tomonidan aholining keng qatlamlarini tadbirkorlikka yo'naltirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi va ushbu jarayonlar samaradorligini oshirish yo'nalishlari bo'yicha muhokamalar o'tkaziladi hamda joriy yilning 9 oyligi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini bilimlari va omilkorliklarini muttasil oshirib borishda yangi interaktiv va masofaviy metodlar qo'llanishining istiqbollari davra suhbati muhokamalarining muhim mavzusi bo'ldi.

Markaz va O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o'rtasida imzolangan Idoralararo hamkorlik bitimiga ko'ra Markaz tomonidan band bo'lmagan va ishsiz aholini va yoshlarni vazirlikning buyurtmasiga asosan tadbirkorlik asoslariga o'qitish, shuningdek masofaviy o'qitish bo'yicha of-layn va on-layn kurslarni tashkil etish masalalari ham muhokama markazida bo'lishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida Markaz hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka keng yo'naltirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Markaz va “Norma” professional rivojlantirish markazi o'rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumiga ko'ra, “on-layn” tarzda masofaviy, uzluksiz o'qitishni tashkil etish bo'yicha, yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish hamda ularni tadbirkorlikka kengroq jalb qilish maqsadida, www.direktor.uz (www.biznes.uz) portali vositasida moliyaviy savodxonlik bo'yicha “on-layn” tarzdagi kurslarni borishi muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida O'zbekistonda islom bank infrastrukturasi va moliya tizimini joriy qilish yuzasidan tadqiqot olib borish, bu yo'nalishda tinglovchilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun:

Respublikamizda 2018 yilning 9 oyligida jami 461 ta (III-chorak bo'yicha 153 ta) bepul o'quv kurslari tashkil etilgan. Tashkil etilgan o'quv kurslarida 8 685 nafar tadbirkorlik sub'ekti vakillari va aholi (III-chorakda 3189 nafar) bepul o'qitilgan bo'lib, ularning 7 263 nafari (III-chorakda 2505 nafar) sertifikatlar bilan taqdirlanganlar.

O'quvlardan keyingi kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, joriy yilning 9 oyligida tahsil olgan tinglovchilardan 768 nafari (III-chorakda 301 nafari) tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan bo'lsa, 331 nafar tadbirkorlik sub'ektlari (III-chorakda 110 nafari) o'z faoliyatlarini yanada kengaygan. Buning natijasida 1466 tadan ortiq yangi ish o'rinlari (III-chorakda 546 ta) yaratilishiga erishilgan.

Shuningdek, 9 oylikda Markaz tinglovchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yanada kengaytirish maqsadida jami 9,6 mlrd. so'm miqdoridagi bank kredit mablag'lari (III-chorakda 3,8 mlrd. so'm)olingan. Olingan mablag'lar asosan joylarda sanoat klasterlarini tashkil etish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, duradgorlik ustaxonalari, tikuv sexlarini ochishga yo'naltirilgan, shuningdek asalarichilik, chorvachilikni kengaytirishga, o'quv markazi ochish hamda savdo shahobchalari tashkil qilishga sarflangan.

Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech