Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

АУДИТОРЛИК ТАШКИЛОТЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

Ўзбекистон Республикаси Давлат рақобат қўмитаси аудиторлик ташкилотини ёллаш бўйича танлов эълон қилади. Танловда иштирок этиш истагини билдирган талабгорлар қуйидаги манзилга мурожаат қилишлари мумкин:

Манзил: Тошкент шаҳри, И. Каримов кўчаси, 55-уй.

Тел/факс: 259-21-25, 259-21-38, 259-20-39

e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.      Батафсил...

2018-03-13 16h08 23Xususiylashtirilgan ob'ektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun nazariy va amaliy bilim hamda ko'nikmalarni yanada takomillishtirish imkoniyatini o'z ichiga olgan “Tadbirkorlik faoliyati asoslari-sohalar kesimida” mavzusidagi o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda.

           O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 avgustdagi 602-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, hududlarda tashkil etilayotgan o'quv kurslari samaradorligini oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida Davlat raqobat qo'mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi tashabbusi bilan viloyat miqyosida iqtisodiyot tarmoqlari sohalari kesimida o'quv kurslari tashkil etishni rejalashtirildi.

           Xususan, 2018 yilning fevral-mart oylarida Markazning Namangan viloyati hududiy filiali va Davlat raqobat qo'mitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasining Biznes inkubatorlar bilan ishlash va loyiha tashabbuskorlari-tadbirkorlarni o'qitishni tashkil etish bo'limi tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati asoslari-sohalar kesimida” mavzusidagi o'quv kurslari tashkil etilib, o'quv kurslari jarayonida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan korxonalarga bevosita tashriflar ham tashkil etildi. Jumladan, Kosonsoy tumanidagi “Ahmadxoji Kosoniy” MCHJ (parrandachilik, issiqxona va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash), Chust tumanidagi “Style Textile” (to'qimachilik va tikuv-trikotaj buyumlari ishlab chiqarish) va Namangan shahridagi “Mexmash” MCHJ (metall quvurlar, issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarish) va “Norin Bottlers” MCHJ binosida (Oziq – ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish) kabi korxonalarni bunga yaqqol misol qilib aytish mumkin. Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar master-klasslar davomida tinglovchilarga biznes yuritish va tadbirkorlik faoliyatini dastlabki tashkil etish tajribalari to'g'risida so'zlab, tegishli maslahat va ko'rsatmalar berib o'tdilar.

O'quv kurslari Davlat raqobat qo'mitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi va “Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish Respublika markazi”ning viloyat filiali vakillari hamkorligida olib borildi.

Ushbu tashkil etilgan haftalik o'quv mashg'ulotlarida vazirlik va idoralar hududiy organlarining malakali mutaxassislari lektorlar sifatida muntazam qatnashib bordilar. Bularga misol qilib, Viloyat adliya boshqarmasi “Davlat xizmatlari markaz”lari, Soliq va bojxona xizmati, Markaziy bank hamda tijorat banklari, Bandlik bosh boshqarmasining malakali mutaxassislarini aytish mumkin.

Ushbu o'quv kurslarida 52 nafar tadbirkorlar va tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 6 nafar aholi vakillari ishtirok etdi.

O'quv kurslari davomida tinglovchilarga “Tadbirkorlikning qonunchilik asoslari, biznesni ro'yxatdan o'tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish”, “Biznes-rejani ishlab chiqish”, “Bankda hisobvaraq, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobvaraq ochish, kredit olish shartlari va tartibi”, “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy hisobot”, “Soliqlar va majburiy to'lovlar, bojxona bojlari va to'lovlari, ular bo'yicha imtiyozlar” mavzularida kerakli ko'rsatma va tushunchalar berildi. Shuningdek, ma'ruzachilar tomonidan tinglovchilarning tadbirkorlik sohasidagi barcha savollariga atroflicha javoblar berildi.

Tashkillashtirilgan o'quv kurslarini Namangan viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor 24” kanali orqali 2-3 mart kunlari “Xabarlar” dasturida va “Oltin zamin” radiokanalidagi eshittirishlar orqali yoritib borildi.

                                               Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech