Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

АУДИТОРЛИК ТАШКИЛОТЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

Ўзбекистон Республикаси Давлат рақобат қўмитаси аудиторлик ташкилотини ёллаш бўйича танлов эълон қилади. Танловда иштирок этиш истагини билдирган талабгорлар қуйидаги манзилга мурожаат қилишлари мумкин:

Манзил: Тошкент шаҳри, И. Каримов кўчаси, 55-уй.

Тел/факс: 259-21-25, 259-21-38, 259-20-39

e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.      Батафсил...

2018-03-13 16h56 212018 yil 13 mart kuni O'zbekiston Milliy Matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan 15 mart – Xalqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag'ishlangan “Iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining iste'mol madaniyatini oshirish borasida Qo'mita tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Tadbirda Davlat raqobat qo'mitasi va O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining rahbar va mas'ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Dunyoning ko'pgina rivojlangan davlatlari qatorida respublikamizning iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi milliy qonunchiligini yaratish hamda ushbu sohada olib boriladigan davlat siyosatini ishlab chiqish uchun, 1985 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilishni ustuvor tamoyillari” asos bo'ldi. Xalqaro iste'molchilik siyosatining asoslariga zamin yaratilib ular – tovarning havfsiz bo'lishiga talab qo'yish huquqi, ma'lumot olish huquqi, tovarni tanlash huquqi, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi va yana bir qator huquqlardan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuni 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan.

Natijada, 22 yillik tarixga ega bo'lgan iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilik respublikamizning huquq tizimini ajralmas qismiga aylandi, ya'ni inson – fuqaroning huquq va erkinliklari dastavval asosiy Qomusimiz – O'zbekiston Respublikasi Qonstitutsiyasida kafolatlandi.

Iste'molchilarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini qonun bilan himoyalanishi bo'yicha qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish borasida muhim informatsion sabab sifatida har yilning 15 mart - Xalqaro iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni etib nishonlanishi ham e'tiborga loyiqdir.

O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirayotgan ishlariga to'xtaladigan bo'lsak, shuni ta'kidlash joizki, keng jamoatchilik o'rtasida olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlari natijasida, aholining iste'molchilik madaniyatini oshib borayotganidan dalolat bermoqda.

Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, Qo'mita tomonidan tizimli ravishda ommaviy axborot vositalarida chiqishlar yo'lga qo'yilgan, sohadagi yangiliklarga bag'ishlangan seminarlar, brifinglar, davra suxbatlari o'tkazib kelinmoqda. Savdo va maishiy xizmat shaxobchalarida, shuningdek tashqi reklama vositalarida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilik normalarini yorituvchi plakatlar, murojaat qilish uchun Qo'mitaning ishonch telefonlari yozilgan ma'lumotlar joylashtirilgan. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda markaziy va tijorat teleradiokanallarda ushbu qonunchilik talablari bo'yicha ijtimoiy roliklar berib borilmoqda.

Bundan tashqari, haftalik “Iste'molchi-Potrebitelь” gazetasi chop etilmoqda. Joylardagi savdo va xizmat ko'rsatish ob'ektlarida, tashqi reklama vositalarida iste'molchilik huquqlarini himoya qilish bo'yicha plakatalar va bannerlar joylashtirilmoqda

Qo'mita tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy natijasi sifatida, Qo'mita va uning hududiy organlariga iste'molchilardan kelib tushayotgan ariza va murojaatlar salmog'ining ortib borayotganini alohida ta'kidlash joizdir.

Xususan, 2017 yilda Qo'mita va uning hududiy organlariga iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha jami 6602 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ularni o'rganib chiqish natijasida iste'molchilar foydasiga

2,3 mlrd.so'mdan ziyod mablag' qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.

Shuni ta'kidlash joizki, xanuzgacha murojaatlarning aksariyatida kommunal xizmatlar sohasiga tegishli bo'lib, ularda iste'molchilar kommunal xizmatlari tariflarini to'lashda yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar, ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifati, qo'shimcha haq hisoblash kabi holatlar bayon etilgan.

Qo'mita tomonidan jamoat organlari, xususan O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari (MFYlar) bilan aloqalari mustahkamlanib bormoqda.

Xususan, Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yig'inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy ko'maklashish, o'zaro bog'liq bo'lgan vazifalar ijrosini to'laqonli ta'minlash tizimini shakllantirish hamda o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi

117-sonli qarori qabul qilinishi natijasida – jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, iste'molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini targ'ib qilish masalalarida Davlat raqobat qo'mitasi va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Mahallalar bilan hamkorlik qilish uchun biriktirildi.

Bugungi kunda ushbu yo'nalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Shu bilan birga, joriy yildan boshlab Federatsiya va boshqa mutasaddi vazirlik-idoralar bilan hamkorlikda “Fuqarolar yig'inining jamoatchilik nazorati va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha eng namunali komissiya” respublika ko'rik tanlovi o'tkazilmoqda.

Bugungi kungacha tanlovning 1-tuman (shahar) va 2-viloyat bosqichlari o'tkazilib, tanlovning yakuniy Respublika bosqichini o'tkazishga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Tadbirda, Qo'mita va Federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda kelgusida amalga oshiriladigan aniq va tizimli chora-tadbirlar to'g'risida to'xtalib o'tildi.

                                                Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech