Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Диққат! Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

 

Сизларни Тошкент вилоятида яратилган кичик саноат зоналари аъзоси бўлишга таклиф этамиз. Кичик саноат зонаси аъзоларига белгиланган тартибда 2 йил мобайнида мол-мулк ва даромад солиғидан озод бўлиш имконияти, ер ёки бино-иншоотлар хусусийлаштириш шарти билан “ноль” қийматда 10 йил муддатга ижарага берилади.    Батафсил...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

Muxbirimiz O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Abduqodirov bilan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi.


– Qayta tashkil etilgan qo‘mita zimmasiga yuklatilgan vazifalar qay darajada bajarilmoqda?

– Qo‘mitaning asosiy vazifasi xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratishdan iborat.

O’tgan davrda qo‘mita tomonidan tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari bo‘yicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasi, xususiylashtirilgan ob’ektlar reestri shakllantirildi va ishga tushirildi.


Mamlakatimizning barcha hududlarida ilgari xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan korxona va ob’ektlar xatlovdan o‘tkazildi. Natijada 2 ming 800 tadan ziyod investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. Avval xususiylashtirilgan korxona va ob’ektlardan 1 ming 70 dan ziyodi ishga tushirilib, 619,5 milliard so‘m investitsiya mablag‘lari jalb etildi. Buning natijasida tikuv, trikotaj, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 7 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.

Masalan, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan «Nil granit» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan trikotaj matosini to‘qish-bo‘yash hamda kalava iplarni bo‘yash tashkil etilgan. Kiritilgan investitsiya miqdori 4,4 milliard so‘mni tashkil etadi. 50 yangi ish o‘rni yaratildi.

Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan «Terri jar tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kalava ipni bo‘yash va sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati tashkil etilgan. Kiritilgan investitsiya miqdori 12,8 milliard so‘mni tashkil etadi. 70 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlandi.


2018 yilda xususiylashtirilgan, lekin faoliyat yuritmayotgan korxonalarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida mulkdorlar va tijorat banklari ishtirokida 1,3 mingdan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu maqsadda joriy yil 2 trillion so‘mlik investitsiyalarni o‘zlashtirish va 15 mingga yaqin ish o‘rnini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.



– Ayting-chi, avval xususiylashtirilgan korxonalarning faoliyat ko‘rsatmaslik va bo‘sh turganlik holati tahlili natijalari nimani ko‘rsatmoqda?


– Korxona yoki ob’ektning ishlamasdan bo‘sh turishiga ko‘plab omillar sabab bo‘lishi mumkin. Mulkdorning amaliy loyihasi bo‘lmasligi, loyiha bo‘lsa mablag‘ yo‘qligi, ikkalasi ham bo‘lsa, kommunikatsiya tarmog‘i mavjud bo‘lmasligi yoki qaysidir davlat organidan ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi muammolar shular jumlasidandir.

Shu kabi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish maqsadida soliq, statistika, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari va “Yagona darcha” markazlari bilan integratsiyalashgan, muntazam yangilanib boruvchi baza yaratildi.


O’z biznesini yuritish uchun tadbirkorlarda bilim va ko‘nikmani shakllantirish maqsadida qo‘mita huzurida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi tashkil etildi. Uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘limlari ochildi.

Bugungacha 407 ta kurs tashkil etilib, ularda 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ekti xodimlari o‘qitildi. Kurslarda o‘qish bepul bo‘lib, ishtirok etish uchun hech qanday cheklashlar joriy etilmagan.

– Joriy yilda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi oldiga qanday dolzarb vazifalar qo‘yildi?


– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlari va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni maqsad qilganmiz. Joriy yilda davlat mulkidan samarali foydalanish borasida amalga oshirayotgan ishlarni davom ettirib, bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini sotish ochiqligini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda internet tarmog‘ida elektron savdolarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizim yaratiladi.


Hozirgi kunda mamlakatimizda 45 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, ular negizida 883 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarga 116,4 milliard so‘m va 31,3 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi. 2018 yilda tashkil etilishi belgilangan sanoat zonalari bo‘yicha yer maydonlarini belgilash, zamonaviy ishlab chiqarish loyihalarini tayyorlash, xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish ko‘zda tutilgan.

 

Go‘zal Sattorova, O’zA , 19.01.2018

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech