Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

2018-10-31 10h43 35Davlat raqobat qo'mitasida Jamoatchilik kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi PQ-3837-sonli “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining 2018 yil 20 iyuldagi 267-P sonli buyrug'iga asosan, Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan.

         Davra suhbatini kirish so'zini Jamoatchilik kengashi raisi Umar Tilavovich Turdiev “Coca-cola ichimligi Uzbekiston LTD” MCHJ QK bosh direktori o'rinbosari ochib berdi va O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi PQ-3837-son “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risi” dagi qarorni mazmun mohiyati haqida kengash aьzolariga tushintirish berib o'tdi. Mazkur qarorda davlat organlari va fuqarolar o'rtasida yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish, davlat organlari va fuqarolar o'rtasida xech qanday to'siq bo'lmasligi va boshqa yuzaga kelayotgan masalalar bo'yicha masalalarni hal qilish chora-tadbirlarini taьkidlab o'tdi

       So'ngra, yig'ilishda qatnashchilar e'tiboriga Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining 2018 yil 9 oylik faoliyati natijalari tahlili xavola etildi. Bunda joriy yilning 1 oktyabrь holatiga mulkdorlar va tashabbuskorlar tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida faoliyat ko'rsatmayotgan va bo'sh obьetlarni tiklash bo'yicha 2482 ta investitsiya loyihalari “yo'l haritalari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish Respublika markazi tashkil etilgan 461 ta kurslarda 7947 ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi. Bugungi kunga kelib tinglovchilarning 768 tasi o'z faoliyatini boshladi, 1466 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. 2017-2018 yillarda jami bo'lib 95 ta KZS tashkil etilib shundan 57 tasi joriy yilning 9 oyiga to'g'ri kelgan. Qo'mitaga jami 2421 murojaatlar kelib tushgan, shundan 1707-yozma, 714-ishonch telefoni orqali. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida jami                   534,8 mln. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 391,2 mln. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha,     143,6 mln. so'm-ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha. Xisobot davrida xususiy sektorga 541 ta davlat aktivlari (shundan 450 tasi 627,8 mlrd. so'm , 157,5 mln doll.miqdorda investitsiya kiritish va 12,8 mingta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 55,35 mld.so'm 636,2 mlrd.so'm va 157,5 mln.doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari hamda 12,8 mingta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotilganini taьkidlab o'tdi.  

          So'ngra, Qo'mita faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda kengashning 4 ta ishchi guruhi tuzildi va ularning tarkiblari, guruh a'zolarining vazifalari aniqlab olindi.

          Yig'ilish davomida kengash a'zolari tomonidan faoliyatni samarali va talab darajasida tashkillashtirishga qaratilgan bir qator fikr-mulohaza, taklif-tavsiyalar o'rtaga tashlandi. Xususan, kengash guruhlari eng avvalo   Davlat raqobat qo'mitasi faoliyatining har bir yo'nalishini obdon o'rganishi, ushbu faoliyat haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi lozimligi,   shundagina qo'mita bilan fuqarolar o'rtasida haqiqiy ko'prik vazifasini o'tashi mumkinligi ta'kidlandi. Shuningdek, qo'mitada mehnat unumdorligini yanada yaxshilash uchun mavjud salohiyatni to'liq ishga solish, mutaxassislar faolligiga erishish, bunda ularning malakasini muntazam ravishda oshirib borish, ayni paytda rag'batlantiruvchi omillarni ko'proq qo'llash, ijtimoiy sharoitlaridan xabardor bo'lish maqsadga muvofiqligi, bu esa kadrlar qo'nimsizligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o'tildi. Bu jarayonda kengash ko'magining ahamiyatiga to'xtalib o'tildi.

          Yig'ilish qizg'in savol-javob, fikr-mulohaza almashuv ruhida mazmunli o'tdi. Bildirilgan taklif-tavsiyalar inobatga olingan holda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech