eye                    
   
 

2016 yilning 9 oyligi davomida 194 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyati o'rganildi va tekshirildi, bundan 11 ta tekshirish Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq amalga oshirildi. O'rganish va tekshirishlar narx shakllanishining asoslanganligi, “Raqobat to'g'risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to'g'risida”gi qonun talablariga rioya etilganligi yuzasidan amalga oshirilib, natijada 7290,65 mln.so'mlik turli konunbuzarliklar aniqlandi.

Joriy yilning 1 yarim yilligida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar rejasiga muvofiq  10 ta xo'jalik sub'ektida  raqobatga qarshi, tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan  tekshirishlar o'tkazildi.

O'tkazilgan tekshirishlar  natijasida  raqobat to'g'risida, tabiiy monopoliyalar to'g'risida, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida va reklama to'g'risidagi qonunchiliklar talablariga rioya etilishi yuzasidan Maxsus komissiyalarning qarorlari qabul qilindi va tegishli ko'rsatmalar  takdim etildi.

??????? Orphus