eye                     
   
 

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

2017-12-05 15h24 54Avval ma'lum qilinganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o'rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan va ushbu komissiyalarning ishchi organi sifatida Davlat raqobat qo'mitasi hududiy organlari biriktirilgan.

Buxoro viloyatida o'tkazilgan xatlov natijasida 138 ta avval xususiylashtirilgan va bugungi kunda bo'sh turgan ob'ektlar aniqlandi Ular   Buxoro shahridagi sobiq “Buxoro go'sht kombinati”, “Buxoro mebel fabrikasi”, “Poyabzal fabrikasi”, “Qorako'l zavodi”, “Buxoro non fabrikasi”, “Trikotaj fabrikasi”, Olot tumanidagi “Olotteks” QK MCHJ, Qorako'l tumanidagi “Qorako'lteks” QQ MCHJ, G'ijduvon tumanidagi

“18-avtokorxona” kabi yirik korxonalar va boshqalardir.

Viloyatdagi bo'sh turgan ob'ektlarning 42 tasi negizida investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan va ushbu loyihalar bo'sh turgan korxonalarni faoliyatini qayta tashkil qilishda turtki bo'lmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 45,0 mlrd. so'mlik va 86,0 ming AQSH dollarlik investitsiyalar o'zlashtirilishi va 2900 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi  nazarda tutilgan.

Bugungi kunga qadar viloyatdagi 4 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 144 ta qo'shimcha ishchi o'rinlari barpo etildi. Mazkur korxonalarni ishga tushirish uchun 32,8 mln. so'mlik investitsiyalar kiritildi.

Bularga, Buxoro shahridagi “Evro stroy globad” MCHJga qarashli sobiq “Kooptrans avtokorxona”si, “Meganteks” MCHJga qarashli sobiq “Nigora” to'quv farikasi, G'ijduvon tumanidagi “Sutni qayta ishlash” korxonasining foydalanilmasdan turgan bino-inshootlari negizida zamonaviy xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish ob'ektlari ishga tushirildi.

Masalan, Buxoro shahrida joylashgan sobiq “Nigora” to'quv fabrikasining bo'sh turgan binosi negizida “Merganteks” MCHJ tomonidan 3,5 mln. AQSH dollar investitsiya kiritish hisobiga 120 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

2017-12-05 15h29 16

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

23 fevraldagi PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlamagan, shuningdek investitsiya loyihalarini o'z muddatida amalga oshirmagan mulkdorlarga nisbatan ta'sirchan soliq  choralari qo'llanadi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18 apreldagi 5016-sonli Farmoniga asosan, Davlat raqobat qo'mitasiga davlat organlari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgan bo'lib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo'lgan avval xususiylashtirilgan ob'ektlarning mulkdorlari duch kelgan to'siq yoki muammolar yuzasidan (8-371) 259-20-23, 259-20-53, 259-21-26, 259-22-07, telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

                                                   Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus