Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

КОРХОНА ВА ТАШКИЛОТЛАР ДИҚҚАТИГА !!!

Ўзбекистон Республикаси Давлат рақобат қўмитаси Халқаро интернет тармоғи ва хостинг хизматлари учун йиллик хизмат кўрсатиш учун танлов эълон қилади.

Хизмат кўрсатиш шартлари

Ma'lum qilinganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o'rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan va ushbu komissiyalarning ishchi organi sifatida Davlat raqobat qo'mitasi hududiy organlari belgilangan.

Farg'ona viloyatida o'tkazilgan xatlov natijasida 341 ta avval xususiylashtirilgan va bo'sh turgan ob'ektlar aniqlandi. Bugungi kunda viloyatdagi bo'sh turgan ob'ektlarning 327 tasi negizida investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu loyihalar bo'sh turgan korxonalarni faoliyatini tiklanishiga turtki bo'lmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 159,8 mlrd. so'mlik investitsiyalar o'zlashtirilishi va 6076 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.

Bugungi kunga qadar viloyatda 106 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 525 ta qo'shimcha ish o'rinlari yaratildi. Mazkur korxonalarni ishga tushirish uchun 13,5 mlrd. so'mlik sarmoyalar kiritildi.

Jumladan, Uchko'prik tumani, Uchko'prik qishlogida joylashgan «Valley Mountain’s Fresh» MCHJga qarashli sobiq Konserva zavodining bo'sh turgan binosi, Beshariq tuman, Beshariq shahrida joylashgan "Chevar" MCHJga qarashli bo'sh turgan sobik Ma'muriy ishlab chikarish binosi, Toshloq tumani Quyi Yakkatut QFYda joylashgan Toshloq Nilufar Qodiraliobod xususiy korxonasiga qarashli bo'sh turgan binosi, Uchko'prik tumani, Uchko'prik qishlogida joylashgan "OYBEK NUR SAVDO TRANS SERVIS" MCHJga qarashli sobiq Kino video bo'sh turgan binosi, Qo'shtepa tumani Qorakaltak QFY, Olmazor  ko'chasida joylashgan fuqaro Mo'ydinov Shavkatga qarashli sobiq "158-avtokorxona" bino inshootlari negizida zamonaviy xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish ob'ektlari ishga tushdi.

Masalan, Uchkuprik tumani, Uchkuprik qishlogida joylashgan «Valley Mountain’s Fresh» MCHJga qarashli sobiq konserva zavodining bo'sh turgan binosi negizida 1,0 mlrd.so'm miqdorida kiritilgan sarmoya evaziga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta  ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.  Shu bilan birga 20 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Korxona yiliga 42,8 mln.so'mlik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta  ishlash quvvatiga ega.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlamagan, shuningdek investitsiya loyihalarini o'z muddatida amalga oshirmagan mulkdorlarga nisbatan ta'sir choralari qo'llanadi.

Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi 5016-sonli Farmoniga asosan, Davlat raqobat qo'mitasiga davlat organlari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgan bo'lib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo'lgan avval xususiylashtirilgan ob'ektlarning mulkdorlari duch kelgan to'siq yoki muammolar yuzasidan (8-371) 259-20-23, 259-20-53, 259-21-26, 259-22-07 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

                                                                Davlat raqobat qo'mitasi  axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech