eye                     
   
 

Государственный комитет Республики Узбекистан по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции

Объявляет конкурс по определению поставщика партии компьютерной техники.

Объявляет конкурс по определению поставщика серверного оборудования.

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan xatlovlar Yangiyo'l tumani hududida avval xususiylashtirilgan hamda bugungi kunda bo'sh turgan 23 ta ob'ektlar mavjudligini ko'rsatmoqda va mazkur ob'ektlarning jami qurilish maydoni 50,0 ming kv.m.ni, egallagan yer maydonlari 20,6 gektarni tashkil etadi.

           121017

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o'rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan.

           Ushbu komissiyalarga avval xususiylashtirilgan korxona va ob'ektlarning qaytadan to'la quvvatda va samarali ishlashini ta'minlash vazifasi yuklatilib, tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishida amaliy yordam berish bo'yicha ko'plab vakolatlar berilgan.

           Davlat raqobat qo'mitasining ma'lum qilishicha, hozirda Yangiyo'l tumanidagi bo'sh ob'ektlardan 23 tasi negizida mulkdorlar tomonidan yangi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ob'ektlarini ishga tushirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi berilgan.

           Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlamagan mulkdorlarga nisbatan soliq idoralari tomonidan ta'sirchan soliq mexanizmlarini qo'llash belgilangan.

Shu bilan birga, Respublikamiz Prezidentining 2017 yil

10 avgustdagi PQ-3194-sonli qaroriga muvofiq Yangiyo'l tumanidagi sobiq  “2503            Yangiyo'l avtokollanasi” korxonasi negizida “Yangiyo'l tuman kichik sanoat zonasi” tashkil qilingan.

           Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi farmoniga asosan, Davlat raqobat qo'mitasiga davlat organlari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgan bo'lib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo'lgan avval xususiylashtirilgan ob'ektlarning mulkdorlari duch kelgan to'siq yoki muammolar yuzasidan (8-371) 259-20-23, 259-20-53, 259-21-14 telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin.

                                                                 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus