Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!

Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади. Батафсил...

Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan xatlovlar Chirchiq shahri hududida avval xususiylashtirilgan hamda bugungi kunda bo'sh turgan 70 ta ob'ektlar mavjudligini ko'rsatmoqda. Mazkur ob'ektlarning jami qurilish maydoni 235,0 ming kv.m.ni, egallagan yer maydonlari 50,0 gektarni tashkil etadi. Ushbu ob'ektlar qatoriga sobiq “Poyafzal fabrikasi” va “Parrandachilik fabrikasi” kabi yirik ishlab chiqarish majmualari ham kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul  qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o'rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan.

11102017

Ushbu komissiyalarga avval xususiylashtirilgan korxona va ob'ektlarning qaytadan to'la quvvatda va samarali ishlashini ta'minlash vazifasi yuklatilib, tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishida amaliy yordam berish bo'yicha ko'plab vakolatlar berilgan.

Davlat raqobat qo'mitasining ma'lum qilishicha, hozirda Chirchiq shahridagi bo'sh ob'ektlardan 34 tasi negizida mulkdorlar tomonidan yangi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ob'ektlarini ishga tushirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi berilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlamagan mulkdorlarga nisbatan soliq idoralari tomonidan ta'sirchan soliq mexanizmlarini qo'llash belgilangan.

Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi farmoniga asosan, Davlat raqobat qo'mitasiga davlat organlari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgan bo'lib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo'lgan avval xususiylashtirilgan ob'ektlarning mulkdorlari duch kelgan to'siq yoki muammolar yuzasidan (8-371) 259-20-23, 259-20-53, 259-21-14 telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin.

                                                              Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech