Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

binoQonunchilik bazasini takomillashtirish

Qo'mita tomonidan 94ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 8ta qonun loyihasi, 18ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 48ta Hukumat qarori loyihasi va 20ta idoraviy meyoriy–huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 1224 ta meyoriy-huquqiy hujjatlar (99 ta qonun loyihasi, 382ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 692 ta Hukumat qarori loyihasi, 51 idoraviy meyoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

         Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish

         Bugungi kunga kelib,bo'sh turgan ob'ektlar negizida 15,5 mingdan ortiq investitsiyaviy loyihalar ishlab chiqilib, ularni asosan 2018-2020 yillarda amalga oshirish ko'zda tutilagn. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 8 769,8 mlrd.so'mlik va 456,5 mln. Dollarlik investitsiyalarni o'zlashtirish va 100 mingdan ziyod yangi ish o'rinlarini yaratish mo'ljallangan.

         Olib borilgan monitoring natijalariga ko'ra bugungi kunga kelib 4529 investitsiya loyihalari amalga oshirilgan, 1726,0 mlrd.so'm va 4,8 mln.so'mlik investitsiyalar o'zlashtirildi, 14053 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan.

         O'tgan davr mobaynida tashkil etilgan 660 ta o'quv kurslarida jami bo'lib 13974ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi. Bugungi kunga kelib tinglovchilarning 1232 tasi o'z faoliyatini boshladi, 2097 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

         2017-2018 yillarda jami bo'lib 106 ta KSZ tashkil etildi, shundan 68 tasi 2018 yilda tashkil etildi.

         Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

         Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 10 mahsulot turlari bo'yicha 140 tani tashkil etdi.

         Jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 406 ta murojaat ko'rib chiqildi, natijada asossiz hisoblangan 1,4 mlrd.so'm qayta hisob-kitob qilindi.

         Raqobat muhitini rivojlantirish

         Monopolist korxonalar Davlat reestrida 2019 yilning 1 yanvar holatiga 94 ta xo'jalik subekti 90 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari bo'yicha turibti.

         Hisobot davrida jami bo'lib 23ta tovar va moliya bozorlari o'rganildi, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 121 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 70 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi, 51 tasi rad etildi, 7 tasi sudlarda ko'rib chiqilmoqda

         Xo'jalik sub'ektining 35%dan ortiq aksiyasi va 50%dan ortiq ulushini sotib olish uchun berilgan 176 ta murojaat va xo'jalik sub'ektlarini birlashtirish, qo'shib olish va qo'shilib ketishi bo'yicha 52 ta murojaat ko'rib chiqildi.

         Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

         Qo'mitaga jami 3030 murojaatlar kelib tushgan, shundan 2156– yozma, 874- ishonch telefoni orqali.

         Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida jami 764,6 mln. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 571,9 mln. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha, 192,7 mln. so'm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

         Reklama bozorini tartibga solish

         O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 780 ta o'rganishlar o'tkazildi, shundan 361ta holatda reklama to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish xolatlari bo'yicha 24 ta yozma ko'rsatmalar berildi, 1 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1,2 mln.so'mlik ma'muriy jarima qo'llanildi.

         Zarar ko'rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash

         Mahalliy xokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018 yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish o'rinlarini yaratish dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo'yicha Respublika komissiyasi tomonidan ma'qullandi.

         Ushbu dasturlar 4415 ta loyihani amalga oshirishni nazarda tutgan bo'lib, shundan 2018 yilda 798 ta loyiha amalga oshirilishi, ularga jami bo'lib 502,3 mlrd.so'm investitsiyalarni, shu jumladan tijorat banklarini 27,6 mlrd.so'm kredit mablag'larini jalb qilish mo'ljallangan edi.

         O'tgan hisobot davrida moliyaviy sog'lomlashtirish dasturlariga kiritilgan, mulkdorlar va tijorat banklarining kreditlari sifastida moliyaviy ko'mak ko'rsatilgan korxonalar tomonidan 815,2 mlrd.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, xizmatlar ko'rsatildi, 31,1 ming dollar xajmida mahsulot eksport qilindi, 10 133 yangi ish o'rinlari barpo etildi.

         Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish

         Jami bo'lib 21842 ta korxona va muassasalar ro'yxatga olindi, shundan 1908 tasi davlat tashkilotlari va 19934 tasi muassasa va idoralar.

         22,1 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 40,3 mingta ish o'rinlari yaratildi.

         Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 135,0 mlrd.so'm mablag' tushdi, shundan 32,6 mlrd.so'm mahalliy byudjetlarga yo'naltirildi.

         Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish

         Xisobot davrida xususiy sektorga 842 ta davlat aktivlari (shundan 498 tasi 670,0 mlrd.so'm, 187,1 mln. doll. miqdorda investitsiya kiritish va 15,5 mingta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 113,6 mlrd.so'm bo'lib, shundan 814,4 mlrd.so'm va 792 ming doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari bo'lib, 18,4 mingta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotildi.

         Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoring natijalari

         Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 328 ta shartnoma bo'yicha umumiy qiymati 10,1 mln.dol. va 525,6 mlrd.so'mlik investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 12,9 mingdan dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

         2019 yilning 1 yanvar holatiga umumiy summasi 593,2 mln. doll. va 3,0 trln.so'mlik 1212 ta shartnoma (18 tasi xorijiy investorlar bilan) shartlari bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 166,9 mln.doll. va 1,4 trln.so'mni tashkil etdi, 6353 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

         Korporativ hisobotlar va biznes-rejalarning bajarilishi xolati

         2019 yilning 1 yanvar xolatiga 192ta (85 ta AJ va 107 ta MCHJ) davlat ulushi bo'lgan Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar faoliyati monitoring qilindi.

         Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish

        Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 10,71 trl.so'mni tashkil qildi.

         Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 815,04 mlrd.so'mlik 14045 ta sotdi-oldi bitimlari, shu jumladan aksiyalar bilan 713,71 mlrd.so'mlik 14039 ta sotdi-oldi bitimlari va korporativ obligatsiyalar bilan 101,3 mlrd.so'mlik 6 ta sotdi-oldi bitimlari tuzildi.

         Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 1,7 trln.so'mni tashkil qildi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida 487,96 mlrd.so'm (10356 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda 1216,43 mlrd.so'm (4975 ta bitim).

         Birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

         O'tgan hisobot davrida rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 11 ta yuridik shaxsning litsenziya olish uchun taqdim qilgan materiallari ko'rib chiqildi, 11 ta litsenziya berildi.

         Jami bo'lib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga 312 ta litsenziya berilib, shundan 272 ta litsenziya amalda, 40 tasini harakati to'xtatilgan.

         Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish  

         Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 3377 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 815 tasi televidenie va 666 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlarida 851 ta maqolalar chop etildi, 554ta e'lonlar berildi, 491 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

                                                                                                                            Axborot xizmati

??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech