Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

ЭЪЛОН!

Ўзбекистон Республикаси Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси Тошкент вилоят ҳудудий бошқармаси Тошкент шахри, Миробод тумани, Шахрисабз кўчаси, 42-уй манзилидаги маъмурий биносининг 5-7 қаватлари ва техник қават фасад қисмларини жорий таъмирлаш юзасидан танлов эълон қилади.

Батафсил...

2018-07-12 14h27 39Joriy yilning 11 iyulь kuni Davlat raqobat qo'mitasida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi va O'zbekiston-Xitoy savdo assotsiatsiyasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Bo'lib o'tgan uchrashuvda investitsiyalarni jalb qilish borasida O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Davlat raqobat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Najmiddin Sharipov va O'zbekiston-Xitoy savdo assotsiatsiyasi raisi Chang King xonim o'rasida bo'lib o'tgan qizg'in muloqot vaqtida har ikkala tomon uchun manfaatli bo'lgan masalalar bo'yicha fikr almashindi

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi direktori Ulug'bek Kamaletdinov markaz faoliyati, kelgusidagi rejalar to'g'risida uchrashuv qatnashchilariga batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

2018-07-12 14h30 41Uchrashuv yakunida tomonidan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish respublika markazi va O'zbekiston-Xitoy savdo assotsiatsiyasi o'rtasida 5 yilga mo'ljallangan Hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.

Tomonlar O'zbekiston va Xitoy o'rtasida tadbirkorlik faoliyati bo'yicha o'qitish sohasida hamkorlik qilish hamda Hitoy investitsiyalari va ilg'or texnologiyalarini O'zbekistonga jalb qilish borasidagi do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech