Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

ЭЪЛОН!

Ўзбекистон Республикаси Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси Тошкент вилоят ҳудудий бошқармаси Тошкент шахри, Миробод тумани, Шахрисабз кўчаси, 42-уй манзилидаги маъмурий биносининг 5-7 қаватлари ва техник қават фасад қисмларини жорий таъмирлаш юзасидан танлов эълон қилади.

Батафсил...

rfb2018 yilning 2 – 6 iyul kunlari «Toshkent» Respublika fond birjasi savdolarida 19 ta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari bilan 168 ta bitim qayd qilinib, 89,4 mln. dona oddiy va 0,5 mln. dona imtiyozli aksiyalar 10,0 mlrd. so'mga sotildi. Hafta yakunlari ko'ra USI indeks ko'rsatkichi 1077.31 (▼0.59) punktni tashkil etdi.

Tahlillar jami savdo aylanmasining 98,6 foizi tijorat banklari qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo'lganini ko'rsatdi.

Eng yirik bitim 4 iyul sanasida asosiy seksiyada “Savdogarbank” ATB ning 86,9 mln. dona oddiy aksiyasi bilan 8,7 mlrd. so'm miqdorida tuzildi. Bir dona aksiyaning sotuv narxi nominaliga mos ravishda 100 so'mni tashkil qildi. Yil boshidan buyon esa, fond birjasida ushbu bankning 146,9 mln. dona aksiyasi (ustav fondining 11,3 foizi) bilan 14,7 mlrd. so'mlik 7 ta savdo bitimi tuzilgan.

Bitimlar soni bo'yicha yetakchilikni o'tgan haftada “Kvarts” AJ egallagan holda, uning 13,8 ming dona aksiyasi bilan 66,5 mln. so'mlik 66 ta bitim amalga oshirildi. Ta'kidlash lozimki, “Kvarts” AJ aksiyalari bilan yil boshidan buyon 8,0 mlrd. so'mlik 3386 ta bitim amalga oshirilgan.

Shuningdek, qimmatli qog'ozlar bilan o'rtacha kunlik savdo aylanmasi hisobot davrida 2,0 mlrd. so'mni, o'rtacha bitim qiymati esa 59,9 mln. so'mni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda sotilgan bir dona aksiyaning o'rtacha narx ko'rsatkichi 111,9 so'mdan iborat bo'ldi.

Qimmatli qog'ozlarning nominal narxiga nisbatan yuqori darajadagi farq “Neftgazqurilishta'mir” AJ aksiyalari bilan tuzilgan savdo bitimlarida kuzatildi. Bunda nominal qiymati 1 000 so'm bo'lgan jamiyat aksiyalarining savdo kunidagi birja narxi 25 000 so'mni tashkil etdi.

Hafta davomida savdo aylanmasi hajmi yuqori bo'lgan emitentlarni “Savdogarbank” ATB (haftalik savdo aylanmasining – 86,4 foizi), “Turkiston” XATB (12,0 foiz) va “Kvarts” AJ (0,7 foiz) tashkil etdi. Savdo aylanmasining 99,0 foizi (9,96 mlrd. so'm) ular hissasini tashkil etdi.

O'tgan haftada investorlar toifasiga ko'ra birja savdolarida yuridik shaxslar faolligi kuzatilib, tuzilgan umumiy bitimlar hajmining – 87,0 foizi yoki 8,7 mlrd. so'mlik qismi aynan ular hissasiga to'g'ri keldi, umumiy bitimlar sonining 96,4 foizi esa (162 dona) jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan.

Bundan tashqari, o'tgan haftada fond birjasida respublikamizning 6 ta hududida joylashgan listing kompaniyalari qimmatli qog'ozlari bilan savdo bitimlari imzolandi. Birja bitimlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahridagi (98,8 foiz) aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to'g'ri keldi.

Fond birjasida yil boshidan buyon 180,9 mlrd. so'mlik 6209 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 89 ta aksiyadorlik jamiyatining 6,5 mlrd. dona qimmatli qog'ozlari sotilgan.

 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech