Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

ЭЪЛОН!

Ўзбекистон Республикаси Хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси Тошкент вилоят ҳудудий бошқармаси Тошкент шахри, Миробод тумани, Шахрисабз кўчаси, 42-уй манзилидаги маъмурий биносининг 5-7 қаватлари ва техник қават фасад қисмларини жорий таъмирлаш юзасидан танлов эълон қилади.

Батафсил...

graph2018 yilning 4 – 8 iyunь kunlari «Toshkent» Respublika fond birjasi savdolarida 31 ta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari bilan 330 ta bitim qayd qilinib, 60,5 mln. dona oddiy va 37,2 ming dona imtiyozli aksiyalar     12,2 mlrd. so'mga sotildi.

Haftalik savdo aylanmasini o'tgan hafta yakunlari (28 may – 1 iyun kunlari) bilan qiyoslaganda ko'rib chiqilayotgan davrda savdo hajmi 1,5 mlrd. so'mga (114 foizga) ortganligini kuzatishimiz mumkin. Qimmatli qog'ozlar bilan o'rtacha kunlik savdo aylanmasi hisobot davrida 2,5 mlrd. so'mni (oldingi haftada - 2,1 mlrd. so'm), o'rtacha bitim qiymati esa 37,0 mln. so'mni (oldingi haftada 59,0 mln. so'm) tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda sotilgan bir dona aksiyaning o'rtacha narx ko'rsatkichi 201,7 so'mdan (oldingi haftada - 343,2 so'm), o'rtacha kunlik investorlarga sotilgan aksiyalar soni esa 12,1 mln. donadan iborat bo'ldi.

Tahlillar jami savdo aylanmasining 25,6 foizi tijorat banklari hamda 13,1 foizi sanoat tarmog'iga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo'lganini ko'rsatdi.

Eng yirik bitim 5 iyunь sanasida muzokaralar auksioni tarzidagi «Nego Board» seksiyasida “Janubsanoatmontaj” AJ ning 334,7 ming dona aksiyasi bilan 3,3 mlrd. so'm miqdorida tuzildi. Bir dona aksiyaning sotuv narxi 9 846,45 so'mni yoki nominal narxiga nisbatan 9,8 marta yuiori qiymatni tashkil qildi.

Bitimlar soni bo'yicha yetakchilikni o'tgan haftada “Kvarts” AJ egallagan holda, uning 24,4 ming dona aksiyasi bilan 114,0 mln. so'mlik 142 ta bitim amalga oshirildi. Undan keyingi o'rinlarni esa “Qizilqumsement” AJ (52 ta bitim) va AT “Aloqabank” (27 ta bitim) egalladi.

O'tgan haftada investorlar toifasiga ko'ra birja savdolarida           jismoniy shaxslar faolligi kuzatilib, tuzilgan umumiy bitimlar           hajmining – 47,7 foizi (5,82 mlrd. so'm), bitimlar soni bo'yicha esa – 89,7 foizi (296 dona) aynan ular hissasiga to'g'ri keldi.

Shuningdek, o'tgan haftada fond birjasida respublikamizning 6 ta hududida joylashgan listing kompaniyalari qimmatli qog'ozlari bilan savdo bitimlari imzolandi. Birja bitimlarining eng yuqori hajmi Navoiy (42,6) va Toshkent viloyatlari (30,7 foiz) hamda Toshkent shahridagi (25,7 foiz) aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to'g'ri keldi.

Fond birjasida yil boshidan buyon 147,3 mlrd. so'mlik 5 640 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 81 ta aksiyadorlik jamiyatining 3,57 mlrd. dona qimmatli qog'ozlari sotilgan.

Yil boshidan buyon birja savdo aylanmasida tijorat banklarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hajmi yuqoriligicha qolmoqda. Ularning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 64,3 foiz yoki 94,7 mlrd. so'mni tashkil etadi.

                                                               Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech