Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

АУДИТОРЛИК ТАШКИЛОТЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

Ўзбекистон Республикаси Давлат рақобат қўмитаси аудиторлик ташкилотини ёллаш бўйича танлов эълон қилади. Танловда иштирок этиш истагини билдирган талабгорлар қуйидаги манзилга мурожаат қилишлари мумкин:

Манзил: Тошкент шаҳри, И. Каримов кўчаси, 55-уй.

Тел/факс: 259-21-25, 259-21-38, 259-20-39

e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.      Батафсил...

2018-05-17 14h16 39O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi, qo'mita tamonidan qo'yilgan vazifalardan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasining «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi»ning 2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvatlash yili»ga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida, Respublikaning Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand va Farg'ona viloyatlarda mintaqaviy seminarlar o'tkazildi.

Ushbu mintaqaviy seminarlarda tabiiy monopoliya sub'ektlari, monopolist korxonalar va tadbirkorlik tuzilmalari, birja brokerlari va mijozlari, davlat boshqaruv va mahalliy hokimiyat organlari vakillariga qayd etilgan sohalarda yuz berayotgan o'zgarishlarni mukammal tushuntirib berish, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bo'yicha aaldagi qonunchilikda hamda boshqaruvning ilg'or texnologiyalari va usullarini qo'llash orqali hududlarning tadbirkorlik va innovatsion salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish nazarda tutilgan.

O'tkazilgan tadbirlarda viloyat xokimlarining investitsiya masalalari bo'yicha o'rinbosarlari tomonidan qilingan ma'ruzalarda xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashishning shakllari va usullari, kichik sanoat zonalari bazasida yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish imkoniyatlari bayon qilindi, shuningdek, tovar bozorlarini liberallashtirish sharoitida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishning zamonaviy yo'nalishlari bo'yicha Davlat Raqobat qo'mitasi mas'ul xodimlari, Xorazm. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari xududiy boshqarma boshliqlari, Qo'mita huzuridagi Markazning mas'ul xodimlari tamonidan tushuntirishlar berildi.

Ayniqsa, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatga qarshi harakatlari va ularni oldini olish mexanizmlari, O'zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to'g'risida”gi Qonuni normalarini amalda qo'llashni ta'minlash mexanizmlari hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ularga rioya qilishi to'g'risidagi muhokamalar iste'molchilar nuqtai-nazariga ko'ra eng qiziqarli bo'ldi.

Tabiiy monopoliya sub'ektlari bilan o'zaro munosabatlarda, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuni normalariga hamda chakana savdo qoidalariga qat'iy rioya qilish yo'li bilan iste'molchilar huquqlarini ta'minlash muammolari keng muhokama qilindi.

Bu borada, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mas'ul xodimlari tamonidan qiziqarli chiqishlar va savol-javoblar tartibida o'tkazildi.

Ekspertlarning chiqishlarida innovatsion faoliyatni amalga oshirish doirasida O'zbekiston Respublikasi “Raqobat to'g'risida”gi Qonunining asosiy talablari batafsil muhokama qilindi. Respublikada intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tovar belgilarini olish tartibi sohasida O'zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi ekspertlarning taxlillari va chiqishlari tinglovchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

Tadbirla yakunida, Markaz mas'ul xodimlari tomonidan “Tijorat siri to'g'risida”gi qonuni asosida korxonalarda, shu jumladan ustav fondida davlat ulushi mavjud korxonalarda tijorat sirini himoya qilish usullari to'g'risida ma'ruzalar taqdim etildi va ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilindi.

Xududlarda o'tkazilgan seminarlarda 400ga yaqin tinglovchilar qatnashib, shundan eng faol ishtirokchilarga Markazning maxsus sertifikatlari topshirildi.

                                                         Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech