Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

АУДИТОРЛИК ТАШКИЛОТЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

Ўзбекистон Республикаси Давлат рақобат қўмитаси аудиторлик ташкилотини ёллаш бўйича танлов эълон қилади. Танловда иштирок этиш истагини билдирган талабгорлар қуйидаги манзилга мурожаат қилишлари мумкин:

Манзил: Тошкент шаҳри, И. Каримов кўчаси, 55-уй.

Тел/факс: 259-21-25, 259-21-38, 259-20-39

e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.      Батафсил...

graf2018 yilning 7 – 11 may kunlari «Toshkent» Respublika fond birjasi savdolarida 10 ta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari bilan 54 ta bitim qayd qilinib, 39,4 mln. dona oddiy va 28 dona imtiyozli aksiyalar 1,5 mlrd. so'mga sotildi. Hafta yakunlari ko'ra USI indeks ko'rsatkichi 1030.46 (▼0.16) punktni tashkil etdi.

Tahlillar jami savdo aylanmasining 93,1 foizi tijorat banklari qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo'lganini ko'rsatdi.

Eng yirik bitim 10 may sanasida asosiy seksiyada   “Turkiston” XATB ning 1,4 mln. dona aksiyasi bilan 1,4 mlrd. so'm miqdorida tuzildi. Bir dona aksiyaning sotuv narxi 1000 so'mni tashkil qildi.

Bitimlar soni bo'yicha yetakchilikni o'tgan haftada “Kvarts” AJ egallagan holda, uning 7,0 ming dona aksiyasi bilan 34,7 mln. so'mlik 27 ta bitim amalga oshirildi.

Qimmatli qog'ozlar bilan o'rtacha kunlik savdo aylanmasi hisobot davrida 0,37 mlrd. so'mni, o'rtacha bitim qiymati esa 27,7 mln. so'mni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda sotilgan bir dona aksiyaning o'rtacha narx ko'rsatkichi 37,9 so'mdan iborat bo'ldi.

Qimmatli qog'ozlarning nominal narxiga nisbatan yuqori darajadagi farq “KINAP” AJ aksiyalari bilan tuzilgan savdo bitimlarida kuzatildi. Bunda nominal qiymati 5 000 so'm bo'lgan jamiyat aksiyalarining savdo kunidagi birja narxi 50 000 so'mni tashkil etdi.

Hafta davomida savdo aylanmasi hajmi yuqori bo'lgan emitentlarni “Turkiston” XATB (haftalik savdo aylanmasining – 93,1 foizi yoki 1,4 mlrd. so'm), “Kapital sug'urta” AJ (3,8 foiz yoki 57,3 mln. so'm), “Kvarts” AJ (2,3 foiz yoki 34,7 mln. so'm) va “O'zRTXB” AJ (0,3 foiz yoki 4,8 mln. so'm) tashkil etdi. Savdo aylanmasining 99,1 foizi (1,48 mlrd. so'm) ular hissasini tashkil etdi.

O'tgan haftada investorlar toifasiga ko'ra birja savdolarida           jismoniy shaxslar faolligi kuzatilib, tuzilgan umumiy bitimlar           hajmining – 94,4 foizi (1,4 mlrd. so'm), bitimlar soni bo'yicha esa – 79,6 foizi (43 dona) aynan ular hissasiga to'g'ri keldi.

Shuningdek, o'tgan haftada fond birjasida respublikamizning 4 ta hududida joylashgan listing kompaniyalari qimmatli qog'ozlari bilan savdo bitimlari imzolandi. Birja bitimlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahridagi (97,3 foiz) aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to'g'ri keldi.

Fond birjasida yil boshidan buyon 98,6 mlrd. so'mlik 4 869 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 69 ta aksiyadorlik jamiyatining 3,4 mlrd. dona qimmatli qog'ozlari sotilgan.

                                                 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech