Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

graf2017 yilning 13 - 17 noyabr kunlari «Toshkent» Respublika fond birjasi savdolarida 19 ta aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog'ozlari bilan 56 ta bitim qayd qilinib, 35,0 mln. dona aksiya 2,6 mlrd. so'mga sotildi. Ushbu ko'rsatkich o'tgan hafta savdo yakunlariga nisbatan 2,6 marotabaga ko'pdir.

Tahlillar jami savdo aylanmasining 94,5 foizi tijorat banklari va 5,1 foizi agrosanoat tarmog'idagi aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo'lganini ko'rsatdi. Eng yirik bitim 15 noyabrь sanasida «Savdogarbank» ATBning 25,0 mln. dona aksiyasi bilan 2,5 mlrd. so'm miqdorida tuzildi.

Shuningdek, tuzilgan bitimlar soni bo'yicha yetakchilikni «Qo'qonspirt» AJ egallagan holda,  hafta davomida ushbu jamiyatning 9,9 mln. dona aksiyalari bilan 10,1 mln. so'mlik 22 ta bitim amalga oshirildi.

Hafta davomida savdo aylanmasi hajmi yuqori bo'lgan emitentlarni  «Savdogarbank» ATB (haftalik savdo aylanmasining – 94,1 foizi) va «Guliston ekstrakt-yog'»  AJ (4,7 foizi) tashkil etdi. Bu haftalik savdo aylanmasining 98,8 foizini tashkil etadi.

O'tgan hafta fond birjasida respublikamizning 6 ta hududida joylashgan listing kompaniyalari qimmatli qog'ozlari bilan savdo bitimlari imzolandi. Birja bitimlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahri (94,4 foiz) va Sirdaryo (4,7 foiz) viloyatidagi aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to'g'ri keldi.

Qimmatli qog'ozlarning nominal narxiga nisbatan yuqori darajadagi farq quyidagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bilan tuzilgan savdo bitimlarida kuzatildi:

1. «Guliston ekstrakt-yog'» AJ. Nisbat – 14,35:1. Ushbu aksiyadorlik jamiyati bir dona aksiyasining savdo kunidagi birja narxi 28700 so'mdan iborat bo'ldi. Aksiyaning nominal qiymati esa 1999 so'mni tashkil qiladi.

2. «Olmaliq KMK» AJ. Nisbat – 1,23:1. Ushbu emitent bir dona aksiyasining savdo kunidagi birja narxi 4380 so'mdan iborat bo'ldi. Aksiyaning nominal qiymati 3914 so'mni tashkil qiladi.

Shuningdek, o'tgan haftada investorlar toifasiga ko'ra birja savdolarida jismoniy shaxslar faolligi kuzatilib, tuzilgan umumiy bitimlar hajmining – 99,9 foizi, bitimlar sonining esa – 91,0 foizi aynan ular hissasiga to'g'ri keldi. Tahlillarga ko'ra investor sifatida jismoniy shaxslar eng ko'p tijorat banklarining (94,5 foiz) aksiyalariga yuqori qiziqish bildirishgan.

Tahlillarga ko'ra, fond birjasida yil boshidan buyon 76,5 mlrd. so'mlik 2199 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 89 ta emitentning 1,3 mlrd. dona qimmatli qog'ozlari sotilgan.

                                            Davlat raqobat qo'mitai axborot xizmati

??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech