eye                     
   
 

Государственный комитет Республики Узбекистан по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции

Объявляет конкурс по определению поставщика партии компьютерной техники.

Объявляет конкурс по определению поставщика серверного оборудования.

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

invest2017 yilning 2 - 6 oktyabr kunlari «Toshkent» Respublika fond birjasi savdolarida 11 ta aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog'ozlari bilan 35 ta bitim qayd qilinib, 1,4 mln. dona aksiya 935,6 mln. so'mga sotildi. Tahlillar jami savdo aylanmasining 93,5 foizi tijorat banklarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo'lganini ko'rsatdi. Eng yirik bitim 5 oktyabr sanasida «Turkiston» XATBning 874,5 ming dona aksiyasi bilan 874,5 mln. so'm miqdorida tuzildi.

Shuningdek, tuzilgan bitimlar soni bo'yicha yetakchilikni «Olchazor aziya» AJ egallagan holda,  hafta davomida ushbu jamiyatning 840 dona aksiyalari bilan 25,2 mln. so'mlik 18 ta bitim amalga oshirildi.

Hafta davomida savdo aylanmasi hajmi yuqori bo'lgan emitentlarni «Turkiston» XATB (haftalik savdo aylanmasining – 93,5 foizi), «ELEKTRQIShLOQQURILISh» AJ (2,8 foizi) va «Olchazor aziya» AJ (2,7 foizi) tashkil etdi. Bu haftalik savdo aylanmasining 99,0 foizini tashkil etadi.

O'tgan hafta fond birjasida respublikamizning 6 ta hududida joylashgan listing kompaniyalari qimmatli qog'ozlari bilan savdo bitimlari imzolandi. Birja bitimlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahridagi (99,0 foiz) aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to'g'ri keldi.

Qimmatli qog'ozlarning nominal narxiga nisbatan yuqori darajadagi farq quyidagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bilan tuzilgan savdo bitimlarida kuzatildi:

1. «SHIFOBAXSH BULOQ» AJ. Nisbat – 53,54:1. Ushbu aksiyadorlik jamiyati bir dona aksiyasining savdo kunidagi birja narxi 40 000 so'mdan iborat bo'ldi. Aksiyaning nominal qiymati esa 747 so'mni tashkil qiladi.

2.  «Buxorogazsanoatqurilish» AJ. Nisbat – 10,00:1. Ushbu emitent bir dona aksiyasining savdo kunidagi birja narxi 5 000 so'mdan iborat bo'ldi. Aksiyaning nominal qiymati 500 so'mni tashkil qiladi.

Shuningdek, o'tgan haftada investorlar toifasiga ko'ra birja savdolarida jismoniy shaxslar faolligi kuzatilib, tuzilgan umumiy bitimlar hajmining – 99,9 foizi aynan ular hissasiga to'g'ri keldi. Tahlillarga ko'ra investor sifatida jismoniy shaxslar eng ko'p tijorat banklari aksiyalariga yuqori qiziqish bildirishgan (93,6 foiz).

Tahlillarga ko'ra, fond birjasida yil boshidan buyon 69,3 mlrd. so'mlik 1950 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 83 ta emitentning 1,2 mlrd. dona qimmatli qog'ozlari sotilgan.

                                                           Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus