eye                     
   
 

Государственный комитет Республики Узбекистан по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции

Объявляет конкурс по определению поставщика партии компьютерной техники.

Объявляет конкурс по определению поставщика серверного оборудования.

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

potrebitelAholi o'rtasida o'tkazilgan keng qamrovli ma'rifiy ishlar hamda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini targ'ib qilinishi natijasida, Qo'mita va uning hududiy organlarida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar sonining ko'payishiga erishilmoqda. Mazkur holat aholining iste'mol madaniyatini ortishi va o'zini-o'zi tartibga soluvchi mexanizmlarni faollashganligidan hamda fuqarolarning vakolatli davlat organlariga bo'lgan ishonchining ortayotganligidan dalolat bermoqda.

           Xususan, joriy yilning  9 oyida Qo'mita va uning xududiy organlariga  jami  5520 murojaat va arizalar kelib tushgan, shundan 4118 – yozma,  1402 - ishonch telefoni orqali.

           Qo'mita tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro U. Abulqosimovaning murojaati ko'rib chiqildi. Murojaatda Toshkent  shahrida joylashgan savdo markazidan 5250, ming so'mga yotoqxona mebeli sotib olingani, mahsulot  ochilganda  sifatsiz ekanligi ma'lum bo'lgan,  sotib olingan yotoqxona mebeliga nazorat kassa apparati cheki berilmagani bayon qilingan.

Qo'mita tomonidan  o'tkazilgan o'rganishlar natijasida sotuvchi tomonidan iste'molchiga  nuqsonli tovar sotilgani isbotlandi va yotoqxona mebeli uchun to'langan pul to'liqligicha qaytarildi. Tovarni   nazorat kassa apparati bermasdan sotilgani  xolati bo'yicha tegishli chora ko'rish uchun materiallar Soliq boshqarmasiga yuborildi.

           Shuningdek, Navoiy viloyatining Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Nurullaeva tomonidan berilgan ariza ko'rib chiqilganda ham xuddi yuqorida qayd qilingan xolat qaytarilgan, ya'ni «Shams Komform Mebel» mebel salonida iste'molchiga tegishli sifatga ega bo'lmagan 1,7 mln. so'mlik   mebel sotilgan.  Qo'mita tomonidan ushbu xolat  belgilangan tartibda o'rganib chiqildi va natijada iste'molchiga mebel uchun to'langan summa to'liqligicha qaytarildi.

           Joriy yilning 9 oyi mobaynida Qo'mitaning markaziy apparati va uning xududiy organlariga kelib tushgan jami murojaatlar bo'yicha (yozma va og'zaki) iste'molchilarga  jami bo'lib 2 033,3 mln. so'm qayta xisob-kitob qilindi.

                                                             Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus