eye                     
   
 

Государственный комитет Республики Узбекистан по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции

Объявляет конкурс по определению поставщика партии компьютерной техники.

Объявляет конкурс по определению поставщика серверного оборудования.

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  qarori bilan tasdiqlangan yangilangan tuzilmaga muvofiq,  Davlat raqobat qo'mitasi faoliyat yo'nalishi birmuncha kengaydi.

Asosiy maqsad xususiylashtirilgan davlat mulki ob'ektlari negizida xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatidan o'zgartirishni ta'minlash, xususiylashtirilgandan keyin tadbirkorlik sub'ektlarini amaliy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.

Davlat raqobat qo'mitasining  Xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining tahlili va monitoringi boshqarmasi bo'lim boshlig'i Azizjon QAHHOROV bilan  suhbatimizda  shu haqda  so'z yuritilgan.

– Dastlab qo'mita zimmasiga yuklatilgan qo'shimcha mas'uliyat va vazifalarga  to'xtalsangiz?

– Ta'kidlash kerakki, mamlakatimizda mustaqillikning o'tgan yillarida xususiylashtirish jarayoni  bosqichma-bosqich tarzda, dasturiy yondashuv, qulay imkoniyatlar  asosida olib borildi. E'tiroflisi shuki, yurtimizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish siyosati o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, uning  xorij davlatlarida muqobili mavjud emas. Davlat mulki ob'ektlarini tadbirkorlarga investitsiya kiritish sharti bilan “nolь” xarid qiymatida berish amaliyoti bunga yaqqol misol bo'ladi. Bunda har bir ob'ekt, albatta, shartnoma doirasida,  muayyan majburiyatlar bilan sotiladi. Xaridorlar tomonidan zimmaga olingan majburiyatlar bajarilganidan so'ng ularga mulk huquqini tasdiqlovchi order taqdim

qilinadi.

Shunga qaramay, hududlarda o'tkazilgan o'rganishlar va yalpi xatlovlarga ko'ra, avvalgi  davrdagi  xususiylashtirishning qulay hamda imtiyozli  imkoniyatlaridan foydalanilgan holda xarid qilingan ayrim ob'ektlar mulkdorlar tomonidan to'liq va  samarali ishlatilyapti,  deyish mushkul.

Ba'zi ob'ektlar xususiy mulkka sotilgandan so'ng o'z holiga tashlab qo'yilgan. Mulkdorlar tomonidan qo'shimcha investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi bozorlarni egallash orqali faoliyatni kengaytirish o'rniga, bino-inshootlar umuman e'tiborsiz qoldirilgan, hech qanday rekonstruksiya yoki bun­yodkorlik ishlari bajarilmagan. Hattoki mavjud mulklari talon-toroj qilingan korxonalar ham uchrab turibdi. Bunday holatga qarshi kurashish maqsadida qo'mita faoliyati isloh qilinib, yangi bo'linmalar tashkil etildi hamda avval xususiylashtirilgan

barcha korxonalarni rivojlantirish, ular negizida qo'shimcha ishlab chiqarish

quvvatlarini tashkil etish  va ish o'rni yaratish  bo'yi­cha  yangi vazifalar yuklatildi. 

Ya'ni xususiylashtirilgan korxonalarning reestrini joriy etish bo'­yicha chora-tadbirlarni o'z vaqtida va to'liq hajmda amalga oshirish, ular

faoliyatining doimiy monitoringi va tahlilini yuritish, xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va faoliyat samaradorligini oshirish bo'yicha “yo'l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, “yo'l xaritalari”ni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar bo'­yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlarning faoliya­tini muvofiqlashtirish, xususiylashtirilgan korxonalar rahbarlari va ishlab chiqarish-texnik xodimlari uchun doimiy o'quv kurslarini tashkil etish kabilar ustuvor maqsad etib belgilandi.

– Xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining tahlili va monitoringi boshqarmasining  vazifalari  nimalardan iborat?

– Boshqarma tomonidan har bir hududda o'tkazilgan xatlov yakuniga ko'ra shakllantirilgan ro'yxatga muvofiq, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo'sh yotgan va qurilishi tugallanmagan ob'ektlar aniqlanadi. Hududlar, tarmoqlar va xususiylashtirishning shakllari kesimida xususiylashtirilgan ob'ektlar ma'lumotlari va reestri shakllantiriladi va doimiy ravishda yangilab boriladi.

Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida foydalanish uchun avval xususiylashtirilgan, bo'sh turgan va samarasiz ishlatilayotgan, qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va maydonlarning hududiy resstrini shakl­lantirish ta'minlanadi. Ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob'ektlar, bo'sh joylari mavjud ishlab chiqarish maydonlari, bino-inshootlarning ish bilan bandlik darajasi doimiy ravishda tahlil qilib boriladi. Ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari hamda  omillari aniqlanadi.  Bu kabi vazifalarni bajarish uchun esa  bir qator  idoralar, xususan,  soliq, statistika, kadastr va boshqa davlat organlari  ma'lumotlar bazalari bilan  o'zaro elektron bog'langan  hamkorlik  muhim ahamiyatga ega.

–  Boshqarma faoliyatini  dastlab nimadan boshladi? Hozirgacha bajarilgan ishlar ko'lami qanday bo'ldi?

– Eng avvalo, barcha hududlarda idoralar­aro komissiyalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Mazkur komissiyalar tomonidan avval xususiylashtirilgan ob'ektlarning yalpi xatlovi o'tkazildi. Respublika bo'yicha avval xususiylashtirilgan 39 mingga yaqin ob'ektning bugungi kundagi holati o'rganib chiqilib, ulardan buzilganlari, faoliyat yuritayotganlari va to'la quvvatda ishlamayotgan yoki bo'sh turganlari aniqlandi. Ishlamayotgan 3 541 ta korxona aniqlanib, ularni ishga tushirish bo'yicha alohida chora-tadbirlar ko'rildi. Ishlamayotgan korxonalar Toshkent viloyatida 571 tani, Samarqand viloyatida 369 tani, Farg'ona viloyatida  341 tani, Qashqadaryo viloyatida  275 tani,  Sirdaryo viloyatida  237 tani,  Toshkent shahrida  334 tani tashkil etmoqda.

Xatlov asosida aniqlangan ob'ektlar bo'yicha har birining tegishliligiga qarab bir qator cho­ra-­tadbirlarni ko'rish rejalashtirildi. Jumladan, jami  24 mingdan ziyod ish o'rni yaratishni ko'zda tutuvchi

2 525 ta investitsion loyiha ishlab chiqildi.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, inves­titsiya loyihalarini ishlab chiqish va shakl­lantirish uchun avval xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlariga barcha imkoniyat va qulayliklar yaratib berilgan. Avval xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash maqsadida O'zbekiston Res­publikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq taqdim etilayotgan yengillik va imtiyozlar bilan ommaviy axborot vositalari orqali, bevosita joyiga chiqqan holda tadbirkorlar bilan o'tkazilayotgan muloqotlar chog'ida keng tanishtirilmoqda. Ko'rilgan choralar natijasida 358 ta bo'sh ob'ekt negizida investitsiya loyi­halarini ishga tushirishga muvaffaq bo'lindi. Ular negizida 68,9 mlrd. so'm va 4,05 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Shunga qaramay, taqdim etilgan qulayliklardan foydalanish, investitsiya loyihasini amalga oshirish hisobiga bino-inshootlarning faoliya­tini to'liq ta'minlamayotgan ayrim mulk­dorlarga nisbatan hududiy idoralararo komissiyalarning qaroriga asosan soliq organlari tomonidan ta'sirchan soliq mexanizmi qo'llanilmoqda.

– O'rganishlar chog'ida korxonalarning ishlamayotganiga qanday omillar ko'proq sabab bo'layotgan ekan, ularni bartaraf etish uchun nimalarga e'tibor qaratilyapti?

– Avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining to'xtab qolishi bir qator omillar bilan bog'liq ekanligiga, ob'ektiv va  sub'ektiv sabablar borligiga guvoh bo'ldik. Shu bois, birinchi navbatda,  aholida, jumladan, avval xususiylashtirilgan ob'ektlarning mulkdorlarida “ishbilarmonlik kayfiyati”ni, “tadbirkorlik sindromi”ni shakllantirishga katta e'tibor qaratmoqdamiz. Ya'ni qo'mita huzurida tuzilgan Respublika tadbirkorlik asoslarini o'qitish markazi tomonidan tumanlardagi kasb-hunar kollejlarida bepul o'quv kurslari tashkil etildi. Hozirgacha 235  ta shunday o'quvlarda 4000 ga yaqin tinglovchida biznes yuritish ko'nikmasi shakllantirildi va ularga  sertifikat berildi.

Lekin tadbirkorlarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun to'sqinlik qilayotgan ayrim ob'ektiv muammolarni hal etish birinchi darajali vazifa bo'lib turibdi.

Birinchidan, elektr energiyasi va kommunikatsiya tarmoqlaridagi uzilishlar masalasi. Ushbu sohada ta'minotni yaxshilash masalasida mutasaddi idoralar bilan birgalikda aniq dasturlar shakllantirilmoqda, tashkil etayotgan kichik sanoat zonalari va avval xususiylashtirilgan yirik ishlab chiqarish majmualari hududlarini hududiy infratuzilma dasturlarini shakl­lantirishda inobatga olish choralarini ko'rmoqdamiz.

Ikkinchidan, ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli tashkil etish va  mahsulot realizatsiyasiga amaliy ko'mak berish masalasi. Bunda har bir soha bo'yicha tarmoq boshqaruvi kompaniyalari, xo'jalik birlashmalarining faolligini va muayyan tarmoqdagi korxonalar faoliyatining yakuniy muvaffaqiyati uchun ularning mas'uliyatini kuchaytirishimiz lozim.

Shu bilan birga, qo'mita tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini tiklashga individual yondashuv asosida tijorat banklari, mutasaddi xo'jalik boshqaruvi organlarini jalb etgan holda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga  ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'z navbatida, ushbu loyihalarning amalga oshishi uchun qo'mita barcha masalalarda mulkdorlarga amaliy yordam ko'rsatishga tayyor.

A. Qaxxorov, Davlat raqobat qo'mitasi bo'lim boshlig'i

                                                                 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus