eye                     
   
 

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

aksiyaQimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2017 yil birinchi yarim yillik davrida qimmatli qog'ozlar bozorini yanada takomillashtirish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joriy yilning  birinchi yarmida boshqarma tomonidan Samarqand viloyati hududida joylashgan 10 ta aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg'armalariga chiqarilgan 21 396 254 dona aksiyasi bo'yicha qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorida 204 holatda 421 396 254 so'mlik birja va birjadan tashqari bitimlar ro'yxatga olindi. Bu yilning mos davri bilan solishtirganda 328,9 foizga ko'pdir.

           Bugungi kunda boshqarma tomonidan aksiyalari chiqariluvi ro'yxatga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 29 ta bo'lib, ular tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalarning umumiy summasi 71 787 435.143 so'mni tashkil etadi.

           Boshqarma vakolatlari doirasida emitentlar o'rtasida qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorini rivojlantirish maqsadida olib borilgan targ'ibot va tashviqot ishlarining ijobiy samarasi sifatida joriy yilning o'tgan davrida “O'zqishloqelektrqurilish” aksiyadorlik jamiyati ustav jamg'armasiga qo'shimcha ravishda chiqarilgan nominal qiymati 5000 so'mdan bo'lgan 170 612 dona 853 060 000 so'mlik egasi yozilgan oddiy naqdsiz shakldagi aksiyalar bo'yicha jamiyatning qimmatli qog'ozlar.

Manba: “Birja” gazetasi

                                                                        Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

Attachments:
Download this file (Aksiyadorlar murojaati doimiy nazoratda.doc)Yuklash[ ]29 kB
??????? Orphus