eye                     
   
 

Корхона ва ташкилотлар диққатига!

Ўзбекистон Республикаси Давлат рақобат қўмитаси компютер ҳамда сервер техникаларини дастлабки нархини аниқлаш мақсадида келтирилган техник талабларга асосан тижорат таклифларингизни юборишингизни сўрайди. Батафсил

 

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

Joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi xuzurida  Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish jamg'armasini tashkil etilishi, kichik tadbirkorlik sub'ektlari  loyihalarini  qo'llab-quvvatlashda ishlatiladigan moliyaviy dastaklar ko'lamini  yanada kengaytirdi.

Bugungi kunda, avval xususiylashtirilgan, lekin faoliyat ko'rsatmayotgan yoki kam quvvat bilan ishlayotgan ob'ektlar negizida investitsiyaviy loyihalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, mazkur Jamg'arma “O'zsanoatqurilishbank” ATB va “Turonbank” ATB bilan  umumiy qiymati 20 mlrd.so'mni tashkil etgan kredit liniyalarini ochish to'g'risida bosh kelishuvni imzoladi.

Tijorat banklari loyihalarni amalga oshiradigan o'z mijozlariga Jamg'arma resurslari hisobidan  O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan stavkada   uch yilgacha muddatga kredit beradi.

Jamg'armaning moliyaviy dastaklari  qatoriga  shuningdek, tijorat banklariga kichik tadbirkorlik sub'ektlari hisoblangan mijozlariga  kredit berganda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan foizli xarajatlarni qoplashga  subsidiyalar ajratish ham kiradi.

                                                   Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus