eye                     
   
 

Корхона ва ташкилотлар диққатига!

Ўзбекистон Республикаси Давлат рақобат қўмитаси компютер ҳамда сервер техникаларини дастлабки нархини аниқлаш мақсадида келтирилган техник талабларга асосан тижорат таклифларингизни юборишингизни сўрайди. Батафсил

 

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

Joriy yilning 30 avgust kuni Marketing va reklama xaftaligi - ADWEEK 2017 tashkiliy qo'mitasi o'z ishini boshladi. Yig'ilishni O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalrga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Boshqarmasi boshlig'i Dilshod Azimov ochib berdi.

Bo'lib o'tgan yig'ilishda tadbirni o'tkazish bilan bog'liq masalalar belgilab olindi, hamda  tashkiliy qo'mita tarkibi, tanlov to'g'risidagi Nizom, Assotsiatsiya ekspertlari va Ekspert komissiyasi a'zolari tasdiqlandi.

Dasturga binoan ADWEEK 2017 xaftaligi 2018 yilning 26 fevralidan 2 martigacha  «International Hotel Tashkent» o'tkazilishi rejalashtirildi. Xaftalik doirasida joriy yilning sentyabr oyida boshlanadigan ADWEEK 2017 tanlovi yakunlari va g'oliblarni taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Shuni ta'kidlashsh joizki, Marketing va reklama xaftaligi – ADWEEK O'zbekistonning marketing va reklama sohasidagi eng yirik tadbir bo'lib u o'zida tanlov, ko'rgazma, konferensiya hamda ko'p sonli taqdimotlar va aksiyalarni mujassamlagan.

Mazkur tadbir zamonaviy marketing va reklama texnologiyalarining eng oxirgi yutug'larini namoyish etish, tajriba almashish maydonchasi bo'ladi. Xaftalik dirasida reklama, marketing, dizayn, media-texnologiyalar mutaxassislari o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tadbir davomida biznes vakillari salohiyatli xamkor va mijozlar bilan uchrashadilar.

Mazkur tadbir tashkilotchilari – O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi, Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Milliy Marketing Markazi» Assotsiatsiyasi korxonalri.

                                                                Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus