eye                     
   
 

korrupMa'lumki, mamlakatimizda davom etayotgan islohotlar doirasida jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo'lishiga yo'l qo'ymaslik,  korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish dolzarb vazifalardan biri bo'lib turibdi. Bunda  albatta joriy yilning yanvaridan kuchga kirgan  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonun muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, mazkur qonun  qoidalarining samarali ijrosini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida qabul qilingan  2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat dasturi bu yo'nalishdagi ishlarning aniq mexanizmini belgilab bergani bilan o'ziga xos hujjat sanaladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, qonunda belgilanganidek, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari, manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi,  javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy prinsiplari hisoblanadi. Bundan tashqari, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining muhim yo'nalishlari sirasiga kiradi. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar hamda  shart-sharoitlarni bartaraf etish ham shular jumlasidandir.

Davlat dasturida ayni shu kabi mazmun-mohiyati keng qamrovli bo'lgan masalalarni o'z ichiga olgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, korrupsiyaning oldini olish, unga  qarshi kurashish yuzasidan tadqiqotlar o'tkazish, xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

Manba: “Biznes Daily Media

                                                                     Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus