eye                     
   
 

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

2017-12-06 16h30 12Hammamizga ma'lumki,  mustaqillik yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Bosh Qomusimizda xalqimiz, millatimiz, davlatchiligimizning zamon talab qiladigan demokratik prinsiplar va insoniyat huquqiy madaniyatining barcha ilg'or qadriyatlari va milliy xususiyatlarimizning o'zaro uyg'unligi qonuniy mustahkamlandi.

O'zbekistonda barpo etilayotgan demokratik fuqarolik jamiyatida yangilanish va islohotlar jarayonida ijodiy salohiyatni  ro'yobga chiqarish, jamiyat va davlatni idora etishda  fuqarolarni faol ishtiroki ta'minlanmoqda.

           Konstitutsiyamiz inson ya'ni fuqaro bilan davlatning o'zaro munosabatlari ko'lamini, ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga davlat aralashuvining chegarasi va xarakterini belgilab berdi. Eng muhimi, u insonning huquq va erkinliklariga oliy yuridik maqom berdi.

Faxr bilan ta'kidlashimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuksak nufuzli qonun sifatida davlatimiz qiyofasini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvning demokratik tamoyillarini, jamiyat rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligini hamda ma'naviy qadriyatlarimiz asoslarini yanada mustahkamladi.

Shu kunlarda Davlat raqobat qo'mitasi va uning hududiy organlarida ushbu bayramga atab tashkil qilingan tadbirlar  bo'lib o'tmoqda.

           Fursatdan foydalanib, Dalat raqobat qo'mitasi barcha hamyurtlarimizni 8 dekabrь  huquq va erkinliklarimiz kafolati bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan  chin yurakdan tabriklaydi.

 

                                                                           Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus