Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

Joriy yilning 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni yanada rivojlantirish, davlat mulki ob'ektlarini sotishni soddalashtirish va tezlatish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni chiqdi.

Mazkur Farmon Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularga tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun davlat mulki ob'ektlarini sotishni soddalashtirish va tezlatish hamda strategik ahamiyatga ega bo'lmagan davlat mulklarini xususiylashtirishda byurokratik to'siqlarni yo'qotish, xususiy mulkka sotilgan ob'ektlar negizida raqobatbardosh mahsulotlarni (xizmatlar) ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish maqsadida ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, Farmonda strategik ahamiyatga ega bo'lmagan korxonalarni va ularning ustav fondidagi davlat ulushlarini, davlat ko'chmas mulk ob'ektlarini xususiylashtirish, shu jumladan, “nol” xarid qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan berish o'rnatilgan talablarga muvofiqligidan kelib chiqib xususiylashtirish to'g'risidagi qarorni qabul qilish huquqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

Shuningdek, davlat mulkini ijaraga olgan va ob'ektni kapital ta'mirlagan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'yicha asosiy vositalarni modernizatsiya qilgan, yangi ish o'rinlari yaratgan ijarachilarga ob'ektni xususiylashtirish davrida unga birinchi navbatda xususiylashtirib olishga ustunlik huquqi beriladi.

Taklif yagona ishtirokchidan tushgan xolatlarda davlat mulki ob'ektlarini olish-sotish shartnomalarini tuzishga ruxsat berildi. Xususiylashtirilayotgan ob'ekt bo'yicha sotib olish to'lovlarini to'lash uchun 3 yillik muddat nazarda tutilgan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi da'vogar-rezidentlaridan tanlov savdolarida qatnashish uchun biznes reja va buyurtmanomadan tashqari boshqa birorta hujjatlar talab qilish, hamda xususiylashtirish natijalarini bekor qilish yoki qaytadan ko'rib chiqishni talab qilish taqiqlanadi.

Farmon shuningdek, fond birjasida aksiyalarni aholi va tadbirkorlarga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish ko'zda tutilgan.

Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

 

??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech