Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga!

Davlat  raqobat qo'mitasi investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat aktivlari bo'yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi. Murojaat uchun telefonlar: 259-21-38, 259-21-25, 233-22-56 (tanlov o'tkaziladigan sana va manzil yuklash)

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

TADBIRKORLIK FAOLIYATI ASOSLARINI O'QITISH RESPUBLIKA MARKAZI BIZNESNI YURITISHNI O'RGATISH BO'YICHA KURSLARGA TAKLIF QILADI

O'qish kurslari bepul

Tashkil etilayotgan o'quv kursalarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shakli (Batafsil...)

lekarstDavlat raqobat qo'mitasiga «Dr.Reddy's Laboratories Ltd.» (Xindiston), «KRKA d.d. tovarna zdravil Nova mesto» (Sloveniya) va «Rotiopharm GmbH» (Germaniya) kompaniyalari tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda «Merrymed Farm» QQ MCHJ tomonidan  ushbu kompaniyalarga tegishli bo'lgan intellektual mulkka bo'lgan huquqi  buzilgani qayd qilingan.

           Qo'mita tomonidan ushbu murojaatlarni ko'rib chiqish davomida quyidagilar ma'lum bo'ldi. «Merrymed Farm» QQ MCHJ «OMEZ DSR», «MR AMBRABEN» dori preparatlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullangan va  «KRKA d.d. tovarna zdravil Nova mesto» kompaniyasi tomonidan «Deksametazon r-r dlya in'eksiy» va «Noklofen r-r dlya in'eksiy» preparatlari uchun ishlatiladigan  korobkalarning dizaynidan foydalangan. Bunday xolat, ya'ni chiqarilayotgan  dori preparati nomlarni o'xshashligi tufayli iste'molchilarni  chalg'itishga sabab bo'lgan Bularni hammasi Intellektual mulk agentligi tomonidan o'z tasdig'ini topgan.

           Olib borilgan o'rganishlar natijasida Qo'mitaning raqobat to'g'risida, tabiiy monopoliyalar to'g'risida va reklama to'g'risidagi qonunchilikla talablarini buzilishini ko'rib chiqish bo'yicha Maxsus komissiya qaroriga binoan «Merrymed Farm» QQ MCHJ  xatti-harakati  O'zbekiston Respublikasi “Raqobat to'g'risida”gi Qonuning  13 moddasini buzilishi deb tan olindi va  ushbu xo'jalik sub'ektiga aniqlangan qonunbuzilish xolatini bartaraf etish to'g'risida yozma ko'rsatma berildi. 

 

                                                                    Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati 

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech