Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
Qo'mita yangiliklari
  eye                     

Davlat raqobat qo'mitasi huzuridagi tadqiqotlar Markazi tomonidan iqtisod fanlari doktori I.Butikov rahbarligida “Ko'chmas mulk bozori” monografiyasi chop etildi. Ushbu monografiya O'zbekiston va xorijiy davlatlar ko'chmas mulk bozoriga bag'ishlangan birinchi chop etilgan ilmiy bo'lib hisoblanadi.

«Toshkent» Respublikasi fond birjasi savdo aylanmasining umumiy hajmi 2016 yilda birja faoliyati tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichni - 299,8 mlrd. so'mni tashkil qildi va 2015 yil savdo aylanmasiga (161,0 mlrd. so'm) nisbatan 1,9 martaga oshdi.

Mazkur davrda fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar soni 3080 tani tashkil etgan holda 2015 yilga nisbatan 1,1 marta yuqori natija qayd etildi. Yil boshidan buyon birja savdolari orqali 141 ta aksiyadorlik jamiyatining 689,1 mln. dona qimmatli qog'ozlari bilan birja bitimlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, ularda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish hamda ularga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash, xususiy mulkchilikni himoya qilish, tadbirkorlar hamda investorlarning davlat organlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlash hamda respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Raqobat bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko'rsatuvchilar o'rtasida o'z manfaatlarini yuqori darajada ro'yobga chiqarish uchun kurashdir. Sotuvchilar bilan xaridorlar o'rtasidagi raqobat muvozanati baholar shakllanish jarayonida sodir bo'ladi Agar bozorda talab taklifdan oshib borsa, baho ham oshadi. Xaridorlar taqchil molni sotib olishda o'zaro musobaqalashadi. Bunday vaziyatda esa sotuvchilar kelishgan holda birgalikda harakat qilishadi.

Sizniig kundalik hayotingizda, faoliyatingizda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha muammolar mavjudmi?

davlat mulkini xususiylashtirish yoki xususiylashtirilgan ob'ektlarda investitsiya majburiyatlarini bajarishda;

qimmatli qog'ozlar bozorida, shu jumladan aksiyador sifatida huquqlaringizning himoya qilinishida;

davlat mulki ob'ektlarini ijaraga olishda;

Davlat mulkini ijaraga berish nafaqat byudjet tushumi barqarorligiga, balki yangidan yangi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari ravnaqiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratishga ham hissa qo'shadi. Shuning uchun so'nggi yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi mazkur sohadagi ishlarni yanada jadallashtirishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Savol-javoblar

savol berish

Savol berish

Mavzuga oid bo'limlar:

 
  • Xususiylashtirish
  • Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
  • O'zR 'Bankrotlik to'g'risida"gi qonuni
  • Ko'chmas mulk ijarasi

Batafsil...

SIZNING MULOHAZANGIZ
O‘zingiz uchun zarur ma'lumotni oldingizmi?
O‘zingiz uchun zarur ma'lumotni oldingizmi?
You must select at least one item to vote!
Система Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech