Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 
295 ru
291
uz252
2432 grey blue
2340 grey blue uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDYENTINING QARORI 03.07.2014 y. № PQ-2200 (Qaror matni)

Приложение № 1 "ПЕРЕЧЕНЬ неиспользуемых и незавершенных строительством объектов государственной собственности, подлежащих сносу по заключению уполномоченных органов и решению районных (городских) хокимиятов"

Приложение № 2 "ПЕРЕЧЕНЬ неиспользуемых объектов государственной собственности, подлежащих реализации на публичных торгах в 2014 году"

Приложение № 3 "ПЕРЕЧЕНЬ неиспользуемых объектов государственной собственности, включая незавершенные строительством, подлежащих реализации в 2014 году на конкурсной основе по «нулевой» выкупной стоимости с условием принятия инвестиционных обязательств и создания новых рабочих мест"

Приложение № 4 "ПЕРЕЧЕНЬ земельных участков, на которых предусмотрена организация малых промышленных зон, с последующим предоставлением земельных участков размером в среднем по 0,2–0,3 га субъектам предпринимательства для организации на них новых производств, объектов сферы услуг и сервиса"

Приложение № 5 "ПЕРЕЧЕНЬ объектов государственной собственности, вносимых в уставный фонд хозяйствующих субъектов, а также передаваемых на баланс органов государственного и хозяйственного управления в оперативное управление и другим организациям в безвозмездное пользование для дальнейшего эффективного использования"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi PQ-2200-sonli qaroriga 6-ILOVA "Davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tartibini soddalashtirishga qaratilgan MYE’YOR VA TADBIRLAR"

Dastur ob'yektlari

DAVLAT MULKI OB’YEKTLARINI KIChIK BIZNYES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARIGA SOTISH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

 Davlat mulkidan oqilona va samarali foydalanishni, foydalanilmayotgan hamda qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob’ektlarini, bo‘shayotgan yer uchastkalarini zamonaviy raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish turlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlash uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga sotish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, ularning hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining rahbarlariga ularning balansida bo‘lgan bino va inshootlar, boshqa davlat mulki ob’ektlarining saqlanishi, tegishli darajada avaylab asralishi va samarali foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha qoniqarsiz ishlaganliklari va mas’uliyatsizlik bilan qaraganliklari ko‘rsatib o‘tilsin.

Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish sohasida qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining bir qator hududiy organlari rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganliklari, davlat mulki ob’ektlarini balansida saqlovchi yuzdan ortiq davlat tashkilotlari rahbarlariga nisbatan qattiq jinoiy va intizomiy jazo choralari qo‘llanilganligi qayd etib o‘tilsin.

2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat mulki ob’ektlarining yalpi inventarizatsiyasi o‘tkazilib, uning natijalari bo‘yicha foydalanilmayotgan bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarning ro‘yxati aniqlandi.

3. Quyidagilar:

  • foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan, buzib tashlanadigan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
  • foydalanilmayotgan, 2014 yilda kimoshdi savdosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
  • investitsiya majburiyatlarini qabul qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 2014 yili tanlov asosida "nulinchi" xarid qiymati bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan foydalanilmayotgan, shu jumladan qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
  • tadbirkorlik sub’ektlariga yangi ishlab chiqarishlar, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi ob’ektlarini barpo etish uchun kichik sanoat zonasi tashkil etilishi mo‘ljallangan, keyinchalik o‘lchovi o‘rtacha 0,2-0,3 ga. dan ajratib beriladigan yer uchastkalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondiga kiritiladigan, shuningdek yanada samarali foydalanish uchun boshqa tashkilotlarga tezkor boshqarish va bepul foydalanishga beriladigan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘n kun muddatda:

  • 1-ilovada* ko‘rsatilgan davlat mulki ob’ektlarini buzib tashlab, bo‘shagan yer uchastkalarini mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxira fondiga topshirish;
  • 2-ilovaga* kiritilgan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlari va korxonalarni baholab, kimoshdi savdosiga qo‘yish;
  • 3-ilovaga* muvofiq investitsiya majburiyatlarini qabul qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan davlat mulki ob’ektlarini "nulinchi" xarid qiymati bo‘yicha sotish tanlovlarini o‘tkazish jadvallarini tasdiqlasin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarlari zimmasiga 1, 2 va 3-ilovalarga* kiritilgan davlat mulki ob’ektlarini o‘z vaqtida buzib tashlash va kimoshdi savdosiga qo‘yishni ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin.

5. Vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat mulki ob’ektlarini balansida saqlovchi tashkilot va korxonalar:

  • ikki oy muddatda 2 va 3-ilovalarda* ko‘rsatilgan davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr hujjatlari tayyorlanishini, shuningdek ularga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
  • bir oy muddatda 5-ilovada* ko‘rsatilgan davlat mulki ob’ektlarini qoldiq balans qiymati bo‘yicha joylardagi tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga topshirib, ularning zimmasiga zarur ta’mirlash ishlarini o‘tkazish va mazkur ob’ektlardan yanada samarali foydalanishni ta’minlash mas’uliyatini yuklasin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat mulki ob’ektlarini balansida saqlovchi tashkilotlar rahbarlari 2, 3 va 5-ilovalarda* ko‘rsatilgan davlat mulki ob’ektlarining yangi mulkdorga topshirilgunga qadar yaxshi saqlanishi va avaylab asralishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari haqida qat’iy ogohlantirilsin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovada* ko‘rsatilgan davlat mulki ob’ektlari buzib tashlanishi natijasida bo‘shayotgan yer uchastkalaridan kelgusida foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda 4-ilovada* ko‘rsatilgan yer uchastkalarining o‘rnida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub’ektlarini barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasi bilan joylashtirish loyihalarini ishlab chiqsin;
  • kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirishning ishlab chiqilgan loyihalari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga yangi ish o‘rinlari yaratish borasida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan o‘rtacha 0,2-0,3 ga yer uchastkalari ajratish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazishni tashkil qilsin;
  • "O‘zbekenergo" DAK, "O‘ztransgaz" AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq o‘z mablag‘lari hisobidan zarur muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmalar qurilishini ta’minlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda kichik sanoat zonalarini barpo etish va faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin.

7. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga sotiladigan budjet tashkilotlarining davlat mulki ob’ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti va tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2012-2013 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish Dasturi to‘g‘risida" 2012 yil 25 apreldagi PQ-1743-sonli qarorida ko‘rsatilgan davlat aktivlarini sotish muddati 2015 yilning oxirigacha uzaytirilsin.

9. 2014 yilning 1 iyulidan boshlab davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qo‘shimcha me’yor va tadbirlar 6-ilovaga muvofiq joriy etilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2007 - 2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2007 yil 20 iyuldagi PQ-672-sonli qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekistonRespublikasiPrezidenti                                 I. Karimov

*) 1 - 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

 

 

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech