Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Diqqat! Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan o‘tkaziladigan ofertaga taklif etadi

1.Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, “Navoiy” MFY xududi Iftixor shox ko‘chasida joylashgan, “Qamashi avtoshoxbekati” davlat unitar korxonasi.

Ofertaga quyilgan davlat aktivining tavsifi: umumiy yer maydoni - 7351,54 m2 , bino va inshootlarning umumiy maydoni - 728,88 m2.

Boshlang‘ich bahosi - 655 540 298 (olti yuz ellik besh million besh yuz qirq ming ikki yuz to‘qson sakkiz) so‘m.

Balans saqlovchi: “Qamashi avtoshoxbekati” davlat unitar korxonasi.  

Faoliyat ixtisosligi: Transport xizmati.

2.Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, “Jambul” MFY Saxovat ko‘chasida joylashgan, “Yakkabog‘” Davlat unitar avtoshoxbekati.

Ofertaga quyilgan davlat aktivining tavsifi: umumiy yer maydoni - 7868,16 m2 , bino va inshootlarning umumiy maydoni - 985,87 m2.

Boshlang‘ich bahosi - 769 725 662 (etti yuz oltmish to‘qqiz million yetti yuz yigirma besh ming olti yuz olmish ikki) so‘m.

Balans saqlovchi: “Yakkabog‘” Davlat unitar avtoshoxbekati.  

Faoliyat ixtisosligi: Transport xizmati.

3.Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, “Buyuk karvon yuli” MFY Chorvadorlar ko‘chasida joylashgan, “G‘uzor avto trans servis” shu’ba korxonasi.

Ofertaga quyilgan davlat aktivining tavsifi: umumiy yer maydoni - 8352,88 m2 , bino va inshootlarning umumiy maydoni - 873,43 m2.

Boshlang‘ich bahosi - 860 079 549 (sakkiz yuz oltmish million yetmish to‘qqiz ming besh yuz qirq to‘qqiz) so‘m.

Balans saqlovchi: “G‘uzor avto trans servis” shu’ba korxonasi.  

Faoliyat ixtisosligi: Transport xizmati.

Mazkur davlat aktivlariga qo‘shimcha yuklamalar to‘g‘risida ma’lumot:

- eng yuqori sotib olish to‘lovini taklif etish;

- eng yuqori miqdorda investitsiya kiritish majburiyatini olish;

- faoliyat turini saqlab qolish majburiyatini olish hamda qonunchilikda belgilangan tartiblar asosida davom ettirish;

- sotib olish qiymatini qisqa muddatlarda amalga oshirish;

- yangi ish o‘rinlarni tashkil etish majburiyatini olish;

- korxonaning barcha majburiyatlari (moliyaviy, xo‘jalik va huquqiy) bilan birga qabul qilib olish.

4. “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” UKga qarashli, Nishon tumani, Nuriston qo‘rg‘oni xududida joylashgan, umumiy maydoni 20671,5 kv.m, qurilish maydoni 619,87 kv.m bo‘lgan “BSU-75 beton zavodi mulkiy majmua sifatida”bo‘yicha:

Ob’ektga 974 435 856 (to‘qqiz yuz yetmish to‘rt million to‘rt yuz o‘ttiz besh ming sakkiz yuz ellik olti)so‘mdan kam bo‘lmagan sotib olish bahosini taklif etish.

5. Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, G‘.G‘ulom MFY , G‘uzor ko‘chasi 10-uyda joylashgan Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli bino-inshoot (926,45 kv.m.dan iborat Omborxona qismi)bo‘yicha:

Ob’ektga 264 837 141 (ikki yuz oltmish to‘rt million sakkiz yuz o‘ttiz yetti ming bir yuz qirq bir)so‘mdan kam bo‘lmagan sotib olish bahosini taklif etish.

6. Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Xontepa maxallasi, Sohibkor ko‘chasi 7-uyda joylashgan,“O‘zgeoburg‘uneftgaz” AJga qarashli, umumiy maydoni 221,8 kv.m, qurilish maydoni 221,8 kv.m bo‘lgan bo‘sh turgan eski “Klub binosi” (Kadastr xujjatida “Truba sinash binosi” R-Liter) bo‘yicha:

Ob’ektga 128 820 298 (bir yuz yigirma sakkiz million sakkiz yuz yigirma ming ikki yuz to‘qson sakkiz)so‘mdan kam bo‘lmagan sotib olish bahosini taklif etish.

Mazkur ob’ektlarning oferta savdolari 2018 yilning 2 mart kuni soat 11.00 da, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A.Temur ko‘chasi 43-uyda, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlarning takliflarini qabul qilish matbuotda e’lon chop etilgan kundan boshlab xar kuni (dushanbadan juma kuniga qadar soat 9.00 dan boshlab 18.00 gacha) qabul qilinadi. Talabgorlarning takliflarini qabul qilish savdodan bir kun oldin soat 18.00 da to‘xtatiladi.

Ommaviy oferta natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.

Talabgorlar davlat aktivi boshlang‘ich narxining 15 foiz miqdorida oldindan Sotuvchining quyidagi bank rekvizitlariga zakalat pulini to‘lashi lozim:

Oluvchining nomi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi;

Oluvchining hisob raqami: 23402000300100001010;

Oluvchining banki: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi HKKM;

INN: 201122919; Oluvchining bank kodi: 00014.

Talabgor tomonidan ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganda to‘lov topshiriqnomasining «To‘lov maqsadi» qismida mablag‘lar o‘tkazish uchun asoslar bilan birgalikda “Davlat raqobat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi uchun 200421860104010000000000001shaxsiy hisob raqamiga” so‘zlari ko‘rsatiladi.

Ofertaga qatnashish uchun savdo tashkilotchisiga talabgor yoki uning vakili e’londa belgilangan muddatlarda shaxsan o‘zi yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:

- yuridik shaxslar uchun - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, shuningdek to‘liq vakolatli vakilning ofertaga qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;

- jismoniy shaxslar uchun - pasportning nusxasi, identifikatsiya raqami (STIR), to‘liq vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, to‘liq vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma.

Oferta hujjatlariga muvofiq tuzilgan va quyidagilarni o‘z ichiga oladigan ikki nusxadagi og‘zi yopishtirilgan konvertlarga solingan talabgor takliflari:

- Sotib olish to‘lovlarining taklif etilayotgan summasi va ularni to‘lash muddati;

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Murojaat uchun manzil: 180112, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri A.Temur ko‘chasi 43-uy.

Ma’lumotlar uchun telefonlar: (0-375) 225-03-11, 225-05-81, 225-14-30. faks: 225-02-31.

Internet tarmog‘idagi veb sayt: www.gkitorg.uz

E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Xurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Savdolar o‘tkazilishi jarayonida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlaringiz buzilgan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasining (0-371) 259-21-37 raqamli Ishonch telefoniga murojaat qilishingizni ma’lum qilamiz!

 

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech