Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Diqqat! Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyat xududiy boshqarmasi davlat aktivlari bo‘yicha ommaviy oferta savdolariga taklif etadi

Quyidagi davlat aktivlari bo‘yicha boshlang‘ich narxi 10 (o‘n) foizga pasaytirilgan holda ommaviy oferta e’lon qilinadi.

1. Oqdaryo tumani, “Paxtaobod” mahallasi, “Mevazor” qishlog‘i hududida joylashgan ma’muriy bino va ayvonlar (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,47 ga., qurilish osti maydoni 175,5 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 307 212 300,0 (uch yuz yetti million ikki yuz o‘n ikki ming uch yuz) so‘m.

Balansda saqlovchi: Akademik “M.Mirzayev” nomidagi O‘zbekiston bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti “Charxin” eksperimental xo‘jaligi.

2. Oqdaryo tumani, “Yangiqo‘rg‘on” MFY, “Yangiqo‘rg‘on” qishlog‘i hududida joylashgan klub binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,0182 ga., qurilish osti maydoni 182,91 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 129 060 000,0 (bir yuz yigirma to‘qqiz million oltmish ming) so‘m.

Balansda saqlovchi: “Yangiqo‘rg‘on paxta zavodi” AJ.

3. Oqdaryo tumani, “Yangiqo‘rg‘on” MFY, “Yangiqo‘rg‘on” qishlog‘i hududida joylashgan nonvoyxona binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,0058 ga., qurilish osti maydoni 58,56 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 25 290 000,0 (yigirma besh million ikki yuz to‘qson ming) so‘m.

Balansda saqlovchi: “Yangiqo‘rg‘on paxta zavodi” AJ.

4. Oqdaryo tumani, “Yangiqo‘rg‘on” MFY, “Yangiqo‘rg‘on” qishlog‘i hududida joylashgan oshxona binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,045 ga., qurilish osti maydoni 451,76 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 334 260 000,0 (uch yuz o‘ttiz to‘rt million ikki yuz oltmish ming) so‘m.

Balansda saqlovchi: “Yangiqo‘rg‘on paxta zavodi” AJ.

Quyidagi davlat aktivlari bo‘yicha boshlang‘ich narxi 20 (yigirma) foizga pasaytirilgan holda ommaviy oferta e’lon qilinadi.

1. Samarqand tumani, “Ohalik” QFY, “Yuqori Ohalik” mahallasida joylashgan, “Dam olish zonasi” mulkiy majmuasi (er maydonisiz, 0001 liter ayvon, 0002 liter dam olish xonasi).

Tavsifi: ob’ektning umumiy yer maydoni 0,04 ga., qurilish osti maydoni 112,17 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 32 966 640,0 (o‘ttiz ikki million to‘qqiz yuz oltmish olti ming olti yuz qirq) so‘m.

Balansda saqlovchi: “Ohalik veterinariya servis” xususiy korxonasi.

2. Samarqand tumani, “Mironqul” qishlog‘ida joylashgan “Shabona” dam olish zonasi (oromgoh) mulkiy majmuasi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 3,3 ga., qurilish osti maydoni 992,94 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 259 521 840,0 (ikki yuz ellik to‘qqiz million besh yuz yigirma bir ming sakkiz yuz qirq) so‘m.

Balansda saqlovchi: “Samarqandkimyoqurilish” MChJ.

3. Narpay tumani, “I.Shoir” MFYda joylashgan molxona binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,054 ga., qurilish osti maydoni 540,0 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 162 444 000,0 (bir yuz oltmish ikki million to‘rt qirq to‘rt ming) so‘m.

Balansda saqlovchi: “Zirabuloq tajriba-sinov zavodi” MChJ.

4. Kattaqo‘rg‘on shahri, “A.Navoiy” ko‘chasi 183-uy manzilida joylashgan “Salomatlik markazi” bo‘sh turgan bino va inshootlari (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,008 ga., qurilish osti maydoni 81,5 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 225 896 364,80 so‘m (ikki yuz yigirma besh million sakkiz yuz to‘qson olti ming uch yuz oltmish to‘rt so‘m sakson tiyin).

Balansda saqlovchi: Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi.

5. Bulung‘ur tumani, “Bulung‘ur” shoh ko‘chasida joylashgan Bulung‘ur tumani “FXDYo” bo‘limining bino va inshootlari (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,0374 ga., qurilish osti maydoni 308,4 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 395 984 726,40 so‘m (uch yuz to‘qson besh million to‘qqiz yuz sakson to‘rt ming yetti yuz yigirma olti so‘m qirq tiyin).

Balansda saqlovchi: Samarqand viloyat adliya boshqarmasi.

6. Nurobod tumani, “Sharq Yulduzi” MFY, “Dalabog‘” guzari hududida joylashgan savdo do‘koni binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,018 ga., qurilish osti maydoni 180,56 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 94 073 600,0 (to‘qson to‘rt million yetmish uch ming olti yuz) so‘m.

Balansda saqlovchi: Nurobod tumani hokimligi.

7. Samarqand tumani, “Dashtakibolo” QFY, “Oqmachit” mahallasida joylashgan “Dashtakibolo” QVPning oshxona va omborxona binolari (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,043 ga., qurilish osti maydoni 430,9 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 350 172 328,0 (uch yuz ellik million bir yuz yetmish ikki ming uch yuz yigirma sakkiz) so‘m.

Balansda saqlovchi: Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi.

8. Samarqand tumani, “Kulbaipoyon” QFY, “Ravonak” mahallasida joylashgan qozonxona binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,009 ga., qurilish osti maydoni 86,56 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 97 840 000,0 (to‘qson yetti million sakkiz yuz qirq ming) so‘m.

Balansda saqlovchi: Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi.

9. Samarqand tumani, “Kulbaipoyon” QFY, “Ravonak” mahallasida joylashgan davolash binosi (er maydonisiz, 0001 literdagi davolash bo‘limi, 0001/1literdagi ayvoncha).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,038 ga., qurilish osti maydoni 381,47 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 393 503 636,0 so‘m (uch yuz to‘qson uch million besh yuz uch ming olti yuz o‘ttiz olti) so‘m.

Balansda saqlovchi: Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi.

10. Samarqand tumani, “Ravonak” MFYda joylashgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining sobiq ma’muriy binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,16 ga., qurilish osti maydoni 264,65 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 519 496 800,0 (besh yuz o‘n to‘qqiz million to‘rt yuz to‘qson olti ming sakkiz yuz) so‘m.

Balansda saqlovchi: Samarqand tumani hokimligi.

11. Samarqand tumani, “Yangiariq-2” mahallasida joylashgan “Laboratoriya binosi” (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,0516 ga., qurilish osti maydoni 516,15 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 366 165 600,0 (uch yuz oltmish olti million bir yuz oltmish besh ming olti yuz) so‘m.

Balansda saqlovchi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti.

12. Samarqand tumani, “Qo‘shtamg‘ali” QFY, “Konigil” mahallasida joylashgan sobiq “To‘lqin” restorani binosi (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,74 ga., qurilish osti maydoni 1497,76 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 2 048 240 000,0 (ikki milliard qirq sakkiz million ikki yuz qirq ming) so‘m.

Balansda saqlovchi: Samarqand tumani hokimligi.

13. Samarqand tumani, “Ulug‘bek” QFY “Yangiariq-2” mahallasi hududida joylashgan yelim ishlab chiqarish sexi binolari (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,013 ga., qurilish osti maydoni 131,58 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 112 376 000,0 (bir yuz o‘n ikki million uch yuz yetmish olti ming) so‘m.

Balansda saqlovchi:Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti.

14. Jomboy tumani, “A.Qurbonov” MFY, “Ibn Sino” ko‘chasida joylashgan ma’muriy bino, omborxona va qo‘shimcha bino-inshootlar (er maydonisiz).

Tavsifi: Ob’ektning umumiy yer maydoni 0,35 ga., qurilish osti maydoni 630,97 kv.m.

Boshlang‘ich bahosi: 356 283 782,40 so‘m (uch yuz ellik olti million ikki yuz sakson uch ming yetti yuz sakson ikki so‘m qirq tiyin).

Balansda saqlovchi:Jomboy tuman hokimligi.

Mazkur davlat ob’ektlari bo‘yicha talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlar 2018 yilning22fevral kuni soat 15.00 da Samarqand shahri, “Mir Said Baraka” ko‘chasi 49-uyda joylashgan Davlat raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida ochiladi.

Ushbu kuni sotilmagan yuqorida ko‘rsatilgan davlat ob’ektlari bo‘yicha dastlab savdoga qo‘yilgan narxiga nisbatan navbatdagi 10 foizli pasaytirish bosqichi qo‘llanilgan holdagi ommaviy oferta savdolari 2018 yil 9 va 26 mart hamda 10 va 25 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ommaviy ofertada qatnashishga buyurtmanoma qabul qilish bildirishnoma e’lon qilingan sanadan boshlanadi va bildirishnomada ko‘rsatilgan konvertlarni ochish sanasi kuni uch soat oldin tamom bo‘ladi.

Ommaviy oferta natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab g‘olib talabgor bilan 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.

Talabgorlar mazkur ommaviy oferta savdolarida qatnashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan Davlat raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bilan oldindan zakalat shartnomasini tuzishi va zakalat shartnomasiga asosan davlat aktivi boshlang‘ich narxining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda oldindan Sotuvchining quyidagi bank rekvizitlariga zakalat pulini to‘lashlari lozim.

Oluvchi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi;

Oluvchining hisob raqami:  23402000300100001010;

Oluvchining banki: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKM, STIR: 201122919;

Oluvchining bank kodi MFO: 00014;

Talabgor tomonidan ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganda to‘lov topshiriqnomasining “To‘lov maqsadi” qismida mablag‘lar o‘tkazish uchun asoslar bilan birgalikda “Davlat raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining 200421860184010000000000001 shaxsiy hisob raqamiga, STIR 202157098” so‘zlari ko‘rsatilishi kerak.

Mablag‘lar Sotuvchining g‘aznachilik hisob raqamiga kelib tushgan sana zakalat to‘lovlari to‘langan sana hisoblanadi.

Ommaviy ofertada qatnashish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga talabgor yoki uning vakili ommaviy  oferta to‘g‘risidagi e’londa belgilangan muddatlarda chopar yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ommaviy ofertada qatnashishga buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:

-             yuridik shaxslar uchun – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, ustav hamda ta’sis xujjatlarining nusxasi, shuningdek vakolatli vakilning ommaviy  ofertada qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;

-             jismoniy shaxslar uchun – pasportning nusxasi, to‘liq vakolatli vakil ommaviy ofertada qatnashgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;

-             ommaviy oferta to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga zakalat to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi.

Ommaviy oferta shartlariga muvofiq tuzilgan va quyidagilarni o‘z ichiga oladigan ikki nusxadagi og‘zi yelimlab yopishtirilgan konvertlarga solingan takliflar:

-             sotib olish to‘lovlarining taklif etilayotgan summasi va ularni to‘lash muddati;

-             investitsiyaviy majburiyatlarning taklif etilayotgan summasi, ularni kiritish shakli, muddati va shartlari (zarur bo‘lganda);

-             talabgorning moliyaviy qobiliyatliligini va tegishli tarmoqqa ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini tasdiqlaydigan hujjatlar (mavjud bo‘lganda).

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Murojaat uchun manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mir Said Baraka ko‘chasi 49-uy. Murojaat uchun telefon: (0-366) 233-19-45,
Faks: (0-366) 233-73-54.

Internet tarmog‘idagi veb-saytlar: www.gkitorg.uz va www.samgkk.uz.

Xurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Savdolarni o‘tkazish jarayonida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlaringiz buzilgan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasining (0-371) 259-21-37 raqamli ishonch telefoniga zudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi.

 

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech