Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

zakon1Esingizda bo'lsa, 2017 yil 6 iyunda Toshkent shahridagi mashxur “Ilk biznes” MCHJga qarashli “Marmaris” restoranida “Dress-kod” bilan bog'liq sodir bo'lgan voqea (Fuqaro D.Ro'zmetov “Marmaris” restoraniga kirib kelgan va egnida sport kiyimi va oyog'ida sport kiyimi (krasovka) bo'lganligi sababli restoron quriqlash xizmati va menedjeri tomonidan to'xtatilib, restoranning ichki qoidalarida sport kiyimida kirish mumkin emasligini ma'lum qilib, restoranga kiritilmagan.

Voxalanki, restoranda boshqa xurrandalar (chet ellik) be'malol sport kiyimda (shortik, futbolka va krasofka) yo'rganligi ma'lum bo'lgan) yuzasidan “ILK BIZNES” MCHJga nisbatan O'zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunining tegishli moddalari buzilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 12.10.2005 yildagi 225-sonli qarori bo'yicha belgilangan tartibda ish qo'zg'atilib, Qo'mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilgan.

Davlat raqobat qo'mitasining Maxsus komissiyasining qaroriga asosan

“ILK BIZNES” MCHJ tomonidan O'zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunning 5-moddasi 4-qismi (iste'molchiga to'liq va tushunarli ma'lumot taqdim etish), 6-moddasi 1-qismi (xizmat ko'rsatuvchi iste'molchiga o'zi realizatsiya qilayotgan xizmatlar haqida o'z vaqtida zarur, to'g'ri va tushunarli ma'lumot berishi) va 21-moddasi 2-qismilarida (sotuvchi ko'rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas) keltirilgan ya'ni, iste'molchiga to'liq va tushunarli ma'lumot taqdim etmaganlik hamda ko'rsatilmagan xizmat uchun haq olishga yo'l qo'yilgan deb topilib, xuquqbuzarliklarni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatma berilgan.

“ILK BIZNES” MCHJ tomonidan O'zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunini talablari buzilish holatlarini tugatishi va kelgusida takrorlanishini oldini olish, iste'molchilarga restoran xizmatlarini ko'rsatishda shaffoflikni ta'minlash va millati yoki ijtimoiy kelib chiqishiga qarab kamsitmaslik bo'yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar ko'rish, iste'molchilarga restoran tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar to'g'risida to'liq va o'z vaqtida ma'lumotlar taqdim etishni yo'lga qo'yish va restoranning rasmiy sayti yoki restoran mehmonlariga boshqacha tarzda yetkazib berish mumkin bo'lgan vositalar orqali batafsil ma'lumotlar joylashtirilib Qo'mitaga tegishli ma'lumotlar taqdim etilgan.

Shu bilan birga, Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan “ILK BIZNES” MCHJning mas'ul mansabdori ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga asosan jarimaga tortilgan.

Bundan tashqari, yuqoridagi holatlar yuzasidan joriy yilning iyulь oyda Fuqarolik ishlari bo'yicha Shayxontoxur tumani sudida fuqaro D.Ro'zmetovning

“ILK BIZNES” MCHJ tomonidan unga yetkazilgan ma'naviy zarar undirish to'g'risidagi da'vo arizasi ko'rib chiqilgan.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Shayxontoxur tumani sudining tegishli qaororiga asosan “ILK BIZNES” MCHJ tomonidan fuqoro D.Ro'zmetov iste'mol huquqini buzgan deb topilib, unning foydasiga 1,0 mln. so'm ma'naviy zarar undirilgan.

                                                 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech