Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Amalga oshirilgan ishlar: 2017 yil davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1336 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 470,7 mln. AQSH dollari va 2 479,6 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan.

Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 149,0 mln. AQSH dollari va 1 155,9 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 14470 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Joriy yilda 1336 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 135 ta shartnoma bekor qilindi, 216 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

Hozirgi kunda davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan

985 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 442,3 mln. AQSH dollari va 2 206,7 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Mazkur shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 147,1 mln. AQSH dollari va 1 025,4 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9497 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan

16,1 mln. AQSH dollari va 575,9 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 40,4 mln. AQSH dollari va 594,3 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Hisobot davrida 216 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 95 ta “nolь” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy miqdori 2,9 mln. AQSH dollari va 176,6 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 4913 ta ish o'rinlari yaratilgan.

Shu bilan birga, yil boshidan 252,8 mln AQSH dollari va 1 021,6 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 465 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan 432 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar “nolь” xarid qiymatida 252,8 mln AQSH dollari va 875,4 mlrd. so'm investitsiya kiritish majburiyati bilan sotilgan.

                                Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech