Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

 2017 yil davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1172 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 240,9 mln. AQSH dollari va 1 846,8 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 18 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 130,6 mln. AQSH dollari va 1009,0 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 11950 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

           Joriy yilda 1172 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 95 ta shartnoma bekor qilindi, 119 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

           Hozirgi kunda davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan

958 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 187,7 mln. AQSH dollari va 1 655,9 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Mazkur shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 128,8 mln. AQSH dollari va 932,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9170 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

           Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan

9,4 mln. AQSH dollari va 353,3 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 20,1 mln. AQSH dollari va 447,0 mlrd. so'mni tashkil etdi.

           Hisobot davrida 119 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 95 ta “nolь” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy miqdori 2,7 mln. AQSH dollari va 112,1 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 2780 ta ish o'rinlari yaratilgan.

           Shu bilan birga, yil boshidan 20,5 mln AQSH dollari va 548,1 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 301 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan 271 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar “nolь” xarid qiymatida 20,5 mln AQSH dollari va 531,0 mlrd. so'm investitsiya kiritish majburiyati bilan sotilgan.

                                               Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech