eye                     
   
 

Amalga oshirilgan ishlar:

2017 yil davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1068 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 240,0 mln. AQSH dollari va 1 639,6 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 18 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 128,4 mln. AQSH dollari va 818,3 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9121 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Joriy yilda 1068 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 76 ta shartnoma bekor qilindi, 69 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

Hozirgi kunda davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan

923 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 192,2 mln. AQSH dollari va 1 499,4 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Mazkur shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 126,8 mln. AQSH dollari va 774,1 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 7516 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan

8,7 mln. AQSH dollari va 243,1 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 18,1 mln. AQSH dollari va 239,1 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Hisobot davrida 69 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 52 ta “nolь” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy miqdori 1,6 mln. AQSH dollari va 44,1 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 1605 ta ish o'rinlari yaratilgan.

Shu bilan birga, yil boshidan 20,2 mln AQSH dollari va 334,9 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 197 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan 179 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar “nolь” xarid qiymatida 20,2 mln AQSH dollari va 322,1 mlrd. so'm investitsiya kiritish majburiyati bilan sotilgan.

                                                     Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus