eye                     
   
 

2017 yil I choragi davomida Investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi

2017 yil I choragi davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1026 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 229,2 mln. AQSH dollari va 1 591,4 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 16 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 112,9 mln. AQSH dollari va 700,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 7640 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

2017 yil I choragi davomida 1026 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 42 ta shartnoma bekor qilindi, 28 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

01.04.2017 y. holatiga davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 956 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 183,8 mln. AQSH dollari va 1 545,4 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 112,9 mln. AQSH dollari va 683,6 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 6910 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan

4,2 mln. AQSH dollari va 127,8 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,1 mln. AQSH dollari va 134,1 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Hisobot davrida 28 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 7 ta sotib olish qiymatida va 21 ta “nolь” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy 16,6 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 730 ta ish o'rinlari yaratilgan.

Shu bilan birga, yil boshidan 9,4 mln AQSH dollari va 292,7 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 155 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan:

148 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar “nolь” xarid qiymatida 9,4 mln AQSH dollari va 291,3 mlrd. so'm investitsiya kiritish majburiyati bilan;

7 ta davlat aktivi 1,4 mlrd. so'm investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish qiymati bilan sotilgan.

 

??????? Orphus