eye                     
   
 

Investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi

Amalga oshirilgan ishlar:

2016 yil davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1106 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 231,9 mln. AQSH dollari va 1 567,3 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 115,7 mln. AQSH dollari va 617,6 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9200 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

2016 yil davomida 1106 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 134 ta shartnoma bekor qilindi, 101 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

01.01.2017 y. holatiga davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 871 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 219,8 mln. AQSH dollari va 1 301,2 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 13 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 113,0 mln. AQSH dollari va 559,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 6500 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan

7,4 mln. AQSH dollari va 352,7 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 9,8 mln. AQSH dollari va 363,0 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Hisobot davrida 101 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 30 ta sotib olish qiymatida va 71 ta “nolь” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy 2,7 mln. AQSH dollari va 57,8 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 2700 ta ish o'rinlari yaratilgan.

Shu bilan birga, yil boshidan 22,8 mln AQSH dollari va 388,9 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 305 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan:

177 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar “nolь” xarid qiymatida 22,8 mln AQSH dollari va 354,4 mlrd. so'm investitsiya kiritish majburiyati bilan;

128 ta davlat aktivi 34,5 mlrd. so'm investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish qiymati bilan sotilgan.

 

Attachments:
Download this file (invest_2016_uz.doc)2016 yil uchun[Yuklash]31 kB
??????? Orphus