eye                     
   
 

Investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi

Amalga oshirilgan ishlar:

2016 yil 9 oyligi davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1058 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 224,9 mln. AQSH dollari va 1 492,4 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan.  Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan.

Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 110,5 mln. AQSH dollari va 563,1 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 7600 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

2016 yil 9 oyligi davomida 1000 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 104 ta shartnoma bekor qilindi, 63 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

 

01.10.2016 y. holatiga davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 891 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 215,3 mln. AQSH dollari va 1 279,2 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 110,2 mln. AQSH dollari va 525,5 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 5550 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan

5,2 mln. AQSH dollari va 229,2 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 5,4 mln. AQSH dollari va 243,7 mlrd. so'mni tashkil etdi.

 

Hisobot davrida 63 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 17 ta sotib olish qiymatida va 46 ta “nolь” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy 0,2 mln. AQSH dollari va 37,6 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 2050 ta ish o'rinlari yaratilgan.

 

Shu bilan birga, yil boshidan 22,3 mln AQSH dollari va 322,8 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 257 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan:

  • 145 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar “nolь” xarid qiymatida 22,3 mln AQSH dollari va 295,0 mlrd. so'm investitsiya kiritish majburiyati bilan;
  • 112 ta davlat aktivi 27,8 mlrd. so'm investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish qiymati bilan sotilgan.
Attachments:
Download this file (invest_9_2016_uz.doc)2016 yil 9 oy uchun[Yuklash]32 kB
??????? Orphus