eye                     
   
 

gki zdanieO'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi 13.11.2012y prezident farmoni bilan tashkil etilgan. " O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi". PF-4483-son.

O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish, qimmatli qog'ozlar bozori, monopoliyaga qarshi siyosat, raqobatni rivojlantirish, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, birja, baholash, rieltorlik va reklama faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi o'z faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:

Davlat raqobat qo'mitasi o'z faoliyatini bevosita, shuningdek hududiy organlar va uning idoraviy mansub tuzilmalari, davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Davlat raqobat qo'mitasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi

 

??????? Orphus