eye                    
   
 

Matn Karrorlari

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

14.11.2012 g. N 322

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASHTIRISH, MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO'MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO'G'RISIDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida» 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son Farmoniga muvofiq hamda Qo'mita faoliyati samarali tashkil qilinishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

  • O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 118 nafar bo'lgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
  • Qoraqalpog'iston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasining tuzilmasi hamda Qo'mita hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisiga, zarurat bo'lganda, qo'mitaning markaziy apparati va hududiy bo'linmalar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o'zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

2. Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o'zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish kompleksi rahbari R.S. Azimov tugatilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi xodimlarini bir oy muddatda attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etsin va O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini yuqori malakali, tashabbuskor va sof vijdonli mutaxassislar bilan to'ldirishni ta'minlasin.

3. O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qo'mita huzurida tugatilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasining aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar va boshqa xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mulkini boshqarish departamenti hamda «Mulk-Invest» davlat unitar korxonasi negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.

4. O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga quyidagilar yuklansin:

    • investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari hamda davlat mulkini samarali boshqarish bo'yicha davlat ishonchli vakillari faoliyatining natijadorligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
    • aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari (ulushlari) bo'yicha, shu jumladan ularni davlat ishonchli vakillariga, boshqaruvchi kompaniyalar va xo'jalik birlashmalariga ishonchli boshqaruvga berish yo'li bilan aksiyador (qatnashchi)ning huquqlarini ro'yobga chiqarish;
    • ustav fondida davlat ulushi bo'lgan aksiyadorlik va boshqa xo'jalik jamiyatlari faoliyati samaradorligini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish hisobiga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    • Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aktivlari bo'yicha dividendlarning aksiyadorlik va boshqa xo'jalik jamiyatlari tomonidan Davlat byudjetiga o'z vaqtida va to'liq hajmda to'lanishini ta'minlashga ko'maklashish.

5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

  • O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi to'g'risidagi Nizomni
  • Davlat aktivlarini boshqarish markazining tuzilmasini va Markaz to'g'risidagi nizomni tasdiqlasin

6. O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, O'zbekiston shoh ko'chasi, 55-uy.

7. O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o'zgartirishlar va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

 

Тarkib DRQ

Ўзбекистон Республикасининг Хусусийлаштириш, монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитасининг ташкилий тузилмаси

pr1 uz

 

Markaziy Apparat strukturalari

Ўзбекистон Республикасининг Хусусийлаштириш, монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси марказий аппарати

pr2 uz

Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi

Қорақалпоғистон Республикасининг Хусусийлаштириш, монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш қўмитаси

pr3uz

Hududiy boshqarmalar

Ўзбекистон Республикасининг Хусусийлаштириш, монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси ҳудудий бошқармаларининг

pr3аuz

Attachments:
Access this URL (http://gki.uz/images/pr/pr1_uz.doc)Тarkib DRQ[Tortib olmoq]312 kB
Access this URL (http://gki.uz/images/pr/pr2_uz.doc)Markaziy Apparat strukturalari[Tortib olmoq]782 kB
Access this URL (http://gki.uz/images/pr/pr3a_uz.doc)Hududiy boshqarmalar[Tortib olmoq]379 kB
Access this URL (http://gki.uz/images/pr/pr3_uz.doc)Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi[Tortib olmoq]371 kB
??????? Orphus