eye                     
   
 

csm logotypeQimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.1996 yildagi PQ-1414 sonli Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.1996 yildagi 126-sonli "O'zbekiston Republikasi davlat raqobat qo'mitasi huzuridagi Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida"gi Qarori asosida tashkil etilgan.

 Bog`lanish

  • Ishonch telefoni: (+998 71) 232-07-38
  • Manzil: 10, Bukhara St. Tashkent 100047
  • Yo`l xaritasi
  • Tel: (+998 71) 236-06-35
  • Faks: (+998 71) 232-07-31
  • E-mail:Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
  • Tashkilotning to‘liq nomi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Raqobat qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

    Tashkilotning qisqacha nomi: Qimmatli qog’ozlar markazi

    Yuqori turuvchi tashkilot: O‘zbеkiston Rеspublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi

    Yugori turuvchi organning rasmiy veb-sayti: www.gki.uz

    Markaz qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organi hisoblanadi

       Quyidagilar Markazning asosiy vazifa va funksiyalari hisoblanadi:

    • respublikada qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
    • Markaz tomonidan ro'yhatdan o'tkazilgan qimmatli qog’ozlar chiqarilishi, qimmatli qog’ozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar bo'yicha ma'lumotlar bankining yagona reestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qog’ozlar muomalada bo'lishini, qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini tartibga solish;
    • qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash;
    • davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilari tomonidan qimmatli qog’ozlar bozori to'g’risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qimmatli qog’ozlar bozori to'g’risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo'yicha ijro etish majburiy bo'lgan xulosalar va ko'rsatmalar berish, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo'llash;
    • qimmatli qog’ozlarning milliy va xalqaro bozorlarida o'zbek va xorijiy emitentlarning qimmatli qog’ozlari chiqarilishi va samarali muomalada bo'lishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni ta'minlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
    • qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning, shuningdek qimmatli qog’ozlar egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
    • qimmatli qog’ozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari to'g’risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
    • qimmatli qog’ozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashish;
    • O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

    Markazning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, xo'jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.



??????? Orphus