eye                     
   
 

monopolJoriy yilning 1 oktyabr xolatiga Qo'mita va uning xududiy organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 407 ta murojaat va arizalar  o'rganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyatida tabiiy monopoliyalar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar bo'yicha  mavjud muammolar bayon qilingan.

2016 yilning 9 oyligi davomida 194 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyati o'rganildi va tekshirildi, bundan 11 ta tekshirish Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq amalga oshirildi. O'rganish va tekshirishlar narx shakllanishining asoslanganligi, “Raqobat to'g'risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to'g'risida”gi qonun talablariga rioya etilganligi yuzasidan amalga oshirilib, natijada 7290,65 mln.so'mlik turli konunbuzarliklar aniqlandi.

Joriy yilning 1 yarim yilligida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar rejasiga muvofiq  10 ta xo'jalik sub'ektida  raqobatga qarshi, tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan  tekshirishlar o'tkazildi.

O'tkazilgan tekshirishlar  natijasida  raqobat to'g'risida, tabiiy monopoliyalar to'g'risida, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida va reklama to'g'risidagi qonunchiliklar talablariga rioya etilishi yuzasidan Maxsus komissiyalarning qarorlari qabul qilindi va tegishli ko'rsatmalar  takdim etildi.

??????? Orphus