Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет набор работников на вакантные должности следующих Департаментов: Подробнее...

Qonunchilik bazasini takomillashtirish

Qo'mita tomonidan 83ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 6ta qonun loyihasi, 16ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 43ta Hukumat qarori loyihasi va 18ta idoraviy meyoriy–huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 834ta meyoriy-huquqiy hujjatlar (55 ta qonun loyihasi, 270ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 477 ta Hukumat qarori loyihasi, 32 idoraviy meyoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish

Joriy yilning 1 oktyabrь holatiga mulkdorlar va tashabbuskorlar tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida faoliyat ko'rsatmayotgan va bo'sh obektlarni tiklash bo'yicha 2482 ta investitsiya loyihalari "yo'l haritalari" ishlab chiqildi va tasdiqlandi

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'rgatuvchi Respublika o'quv markazida tashkil etilgan 461 ta kurslarda 7947 ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi. Bugungi kunga kelib tinglovchilarning 768 tasi o'z faoliyatini boshladi, 1466 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

2017-2018 yillarda jami bo'lib 95ta KSZ tashkil etilib shundan 57 tasi joriy yilning 9 oyiga to'g'ri kelgan.

Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 10 mahsulot turlari bo'yicha 141 tani tashkil etdi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 393 ta murojaat ko'rib chiqildi, natijada asossiz hisoblangan 298,5 mln.so'm qayta hisob-kitob qilindi.

Raqobat muhitini rivojlantirish

Monopolist korxonalar Davlat reestrida joriy yilning 1 oktyabrь holatiga 94 ta xo'jalik subekti 90 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari bo'yicha turibti.

Hisobot davrida jami bo'lib 18ta tovar va moliya bozorlari o'rganildi, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 87 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 58 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi, 29 tasi rad etildi, 6 tasi sudlarda ko'rib chiqilmoqda

Xo'jalik sub'ektining 35%dan ortiq aksiyasi va 50%dan ortiq ulushini sotib olish uchun berilgan 136 ta murojaat va xo'jalik sub'ektlarini birlashtirish, qo'shib olish va qo'shilib ketishi bo'yicha 32 ta murojaat ko'rib chiqildi.

Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

Qo'mitaga jami 2421 murojaatlar kelib tushgan, shundan 1707– yozma, 714- ishonch telefoni orqali.

Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida jami 534,8 mln. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 391,2 mln. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha, 143,6 mln. so'm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

Reklama bozorini tartibga solish

O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 665 o'rganishlar o'tkazildi, shundan 323ta holatda reklama to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish xolatlari bo'yicha 20 ta yozma ko'rsatmalar berildi, 1 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1,2 mln.so'mlik ma'muriy jarima qo'llanildi.

Zarar ko'rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash

Mahalliy xokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018 yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish o'rinlarini yaratish dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo'yicha Respublika komissiyasi tomonidan ma'qullandi.

Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish

Jami bo'lib 26 981 ta korxona va muassasalar ro'yxatga olindi, shundan 21 319 tasi Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatga kiritildi, shundan 19708 tasi davlat tashkilotlari va idoralaridir.

20,1 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 36,8 mingta ish o'rinlari yaratildi.

Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 97,6 mlrd.so'm mablag' tushdi, shundan 24,8 mlrd.so'm mahalliy byudjetlarga yo'naltirildi.

Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish

Xisobot davrida xususiy sektorga 541 ta davlat aktivlari (shundan 450 tasi 627,8 mlrd.so'm, 157,5 mln. doll. miqdorda investitsiya kiritish va 12,8 mingta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan "nol" xarid qiymatida) umumiy qiymati 55,35 mlrd.so'm 636,2 mlrd.so'm va 157,5 mln. doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari hamda 12,8 mingta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotildi.

Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoring natijalari

Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 192 ta shartnoma bo'yicha umumiy qiymati 4,3 ming.doll. va 274,1 mlrd.so'mlik investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 7334 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

2018 yilning 1 oktyabrь holatiga umumiy summasi 546,6 mln. doll. va 3,2 trln.so'mlik 1270 ta shartnoma (21 tasi xorijiy investorlar bilan) shartlari bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 173,1 mln.doll. va 1,6 trln.so'mni tashkil etdi, 16139 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

Korporativ hisobotlar va biznes-rejalarning bajarilishi xolati

2018 yilning 1 oktyabrь xolatiga 208 ta (87 ta AJ va 121 ta MCHJ) davlat ulushi bo'lgan Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar faoliyati monitoring qilindi.

Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish

Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 8,3 trl.so'mni tashkil qildi.

Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 332,9 mlrd.so'mlik 8003 ta sotdi-oldi shartnomalari va 4 ta korporativ obligatsiyalar bilan 66,1 mlrd.so'mlik bitimlar tuzildi.

Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 1,2 trln.so'mni tashkil qildi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida 326,1 mlrd.so'm (4494 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda 848,5 mlrd.so'm (3966ta bitim).

Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 9 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 7 ta litsenziya berildi.

Jami bo'lib, bugungi kun holatiga 262 ta litsenziya berilib, shundan 226 tasi amalda (197 tasi biznesni baholash, 23 tasi ko'char mulkni baholash, 6 tasi ko'chmas mulkni baholash), 36 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 11 ta yuridik shaxsninglitsenziya olish uchun taqdim qilgan materiallari ko'rib chiqildi, 11 ta litsenziya berildi.

Jami bo'lib, 2018 yilning 1 oktyabrь holatiga 312 ta litsenziya berilib, shundan 272 ta litsenziya amalda, 40 tasini harakati to'xtatilgan.

Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish

Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 2753 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 684 tasi televidenie va 553 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlarida 681 ta maqolalar chop etildi, 454ta e'lonlar berildi, 382 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

Attachments:
Download this file (9_oylik_2018.doc)Yuklash[ ]44 kB
Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus
×

Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги расмий веб сайтига ўтиш


Перейти на сайт агенства по управлению государственными активами республики узбекистан


davaktiv.uz

Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech