Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

 Qonunchilik bazasini takomillashtirish

Qo'mita tomonidan 32ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 1ta qonun loyihasi, 5ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 14ta Hukumat qarori loyihasi va 12ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 293ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (20 ta qonun loyihasi, 98ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 160 ta Hukumat qarori loyihasi, 15 idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish

Qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash borasida ma'lum ishlar amalga oshirildi.

Shu jumladan, xatlov natijasida avval xususiylashtirilgan 39778 ta korxonalarning 3139 tasi faoliyat ko'rsatmayotgani, 22967 tasi faoliyat ko'rsatayotgani, 13 672 ta bino va inshootlar buzib tashlangani yohud korxona balansida yo'qligi aniqlandi.

Joriy yilning 1 aprel holatiga mulkdorlar va tashabbuskorlar tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida faoliyat ko'rsatmayotgan va bo'sh ob'ektlarni tiklash bo'yicha 1475 ta investitsiya loyihalari "yo'l haritalari" ishlab chiqildi va tasdiqlandi

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'rgatuvchi Respublika o'quv markazida tashkil etilgan 155 ta kurslarda 2506 ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi. Bugungi kunga kelib tinglovchilarning 223 tasi o'z faoliyatini boshladi, 448 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

2017-2018 yillarda jami bo'lib 82ta KSZ tashkil etilib shundan 41 tasi joriy yilning 1 choragiga to'g'ri kelgan.

Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 10 mahsulot turlari bo'yicha 148 tani tashkil etdi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 90 ta murojaat ko'rib chiqildi, natijada asossiz hisoblangan 268,3 mln.so'm qayta hisob-kitob qilindi.

Raqobat muhitini rivojlantirish

Monopolist korxonalar Davlat reestrida joriy yilning 1 aprel holatiga 97 ta xo'jalik sub'ekti 92 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari bo'yicha turibti.

Hisobot davrida jami bo'lib 12ta tovar va moliya bozorlari o'rganildi, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 34 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 30 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi.

23 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 23 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

Xo'jalik sub'ektining 35%dan ortiq aksiyasi va 50%dan ortiq ulushini sotib olish uchun berilgan 55 ta murojaat va xo'jalik sub'ektlarini birlashtirish, qo'shib olish va qo'shilib ketishi bo'yicha 13 ta murojaat ko'rib chiqildi.

Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

Qo'mitaga jami 950 murojaatlar kelib tushgan, shundan 697– yozma, 253- ishonch telefoni orqali.

Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida jami 143,3 mln. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 100,0 mln. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha, 43,3 mln. so'm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

Reklama bozorini tartibga solish

O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 266 o'rganishlar o'tkazildi, shundan 180 ta holatda reklama to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish xolatlari bo'yicha 4 ta yozma ko'rsatmalar berildi, 1 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1,2 mln.so'mlik ma'muriy jarima qo'llanildi.

Zarar ko'rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash

Mahalliy xokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018 yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish o'rinlarini yaratish dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalrni tijorat banklariga sotish bo'yicha Respublika komissiyasi tomonidan ma'qullandi.

Ushbu dasturlar doirasida joriy yilda 798 ta loyihani amalga oshirish, 638,2 mlrd.so'm investitsiyalarni, shu jumladan 46,7 mlrd.so'm tijorat banklarining kredit mablag'larini jalb etish rejalashtirilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish

Jami bo'lib 25329 ta korxona va muassasalar ro'yxatga olindi, shundan 23215 tasiga Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan tegishli guvoxnomalar berildi.

11,0 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 23,5 mingta ish o'rinlari yaratildi.

Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 21,7 mlrd.so'm mablag' tushdi, shundan 5,3 mlrd.so'm mahalliy byudjetlarga yo'naltirildi.

Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish

Xisobot davrida xususiy sektorga 213 ta davlat aktivlari (shundan 172 tasi 135,8 mlrd.so'm, 33,9 mln. doll. miqdorda investitsiya kiritish va 4,1 mingta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan "nol" xarid qiymatida) umumiy qiymati 23,1 mlrd.so'm 139,8 mlrd.so'm va 33,9 mln. doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari hamda 4,1 mingta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotildi.

Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoringlar

Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 63 ta shartnoma bo'yicha umumiy qiymati 245 ming.doll. va 93,2 mlrd.so'mlik investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 1736 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

2018 yilning 1 aprel holatiga umumiy summasi 478,7 mln. doll. va 2,7 trl.so'mlik 1061 ta shartnoma shartlari bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 152,1 mln.doll. va 1,01 trln.so'mni tashkil etdi, 8177 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

Korporativ hisobotlar va biznes-rejalarning bajarilishi xolati

2018 yilning 1 aprel xolatiga 545 ta (131 ta AJ va 414 ta MCHJ) davlat ulushi bo'lgan korxonalar, shu jumladan 220 ta (89 ta AJ va 131 ta MCHJ) Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar faoliyati monitoring qilindi.

Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish

  Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 4,1 trl.so'mni tashkil qildi.

Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 44,5 mlrd.so'mlik 741 ta sotdi-oldi shartnomalari va 2 ta korporativ obligatsiyalar bilan

66,1 mlrd.so'mlik bitimlar tuzildi.

Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 476,8 mlrd.so'mni tashkil qildi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida 110,6 mlrd.so'm (743 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda 366,2 mlrd.so'm (1419 ta bitim).

Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 6 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 4 ta litsenziya berildi.

Jami bo'lib, bugungi kun holatiga 259 ta litsenziya berilib, shundan 223 tasi amalda (195 tasi biznesni baholash, 22 tasi ko'char mulkni baholash, 6 tasi ko'chmas mulkni baholash), 36 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 8 ta   yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 8 ta litsenziya berildi.

Jami bo'lib, 2018 yilning 1 aprel holatiga 309 ta litsenziya berilib, shundan 269 ta litsenziya amalda, 40 tasini harakati to'xtatilgan.

Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish

Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 1146 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 294 tasi televidenie va 206 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlarida 299 ta maqolalar chop etildi, 186ta e'lonlar berildi, 164 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech