Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

           Qonunchilik bazasini takomillashtirish

           Qo'mita tomonidan 95ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 4ta qonun loyihasi, 25ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 38ta Hukumat qarori loyihasi va 22ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar  ishlab chiqildi.

           Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 1008ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (78 ta qonun loyihasi, 352ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 522 ta Hukumat qarori loyihasi, 56ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

           Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish

           Qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va xatlovdan o'tkazish bo'yicha 14 ta mintaqaviy Idoralararo komissiyalar tuzildi.

           Xatlov natijasida avval xususiylashtirilgan 39631 korxonalarning 4094 tasi  faoliyat ko'rsatmayotgani, 22921 tasi faoliyat ko'rsatayotgani, 12 616ta bino va inshootlar buzib tashlangani yohud korxona balansida yo'qligi aniqlandi.

           Joriy yilning 31 dekabrь holatiga mulkdorlar va tashabbuskorlar tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida faoliyat ko'rsatmayotgan va bo'sh ob'ektlarni tiklash bo'yicha 2825 ta investitsiya loyihalari “yo'l haritalari” ishlab chiqildi.

           Bugungi kunga kelib, Idoralararo komissiyalar tomonidan 2825 ta loyiha tasdiqlandi.

           Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'rgatuvchi Respublika o'quv markazida tashkil etilgan 407 ta kurslarda 7004 ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi.

           Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

           Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 3 taga qasqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 148 tani tashkil etdi.

           537  ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko'rib chiqilib, asossiz hisoblangan 491,2 mln.so'm iste'molchilarga qayta hisob-kitob qilib berildi.

           Raqobat muhitini rivojlantirish

           O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 57 ta bozorlar o'rganildi, shundan 24 tasi moliya bozori, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 131 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 75 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi, qonunbuzarlik xolati aniqlanmagani sababli 11 ta murojaat bo'yicha ish qo'zg'atilishi rad etildi.

           806 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 339 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

           Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

           Qo'mitaga jami  6602 murojaatlar kelib tushgan, shundan 4952 – yozma,  1650- ishonch telefoni orqali.

           Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida  jami 2,3 mlrd. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 2,0 mlrd. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha, 0,3  mlrd. so'm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

           Reklama bozorini tartibga solish

           O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 676 o'rganishlar o'tkazildi, shundan  250 ta holatda reklama to'g'risidagi  qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish xolatlari bo'yicha 129 ta yozma ko'rsatmalar berildi, 19 ta mansabdor shaxsga nisbatan 14,2 mln.so'mlik jarima qo'llanildi.

           Zarar ko'rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash

           Mahalliy xokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018 yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish o'rinlarini yaratish  dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalrni tijorat banklariga sotish bo'yicha Respublika komissiyasi tomonidan ma'qullandi.

           Ushbu dasturlar doirasida 2017-2018 yillarda 2,9 trln. so'mlik investitsiyalarni, shu jumladan 646,1 mlrd.so'm tijorat banklarining kredit mablag'larini  jalb etish rejalashtirilgan.

           Moliyaviy sog'lomlashtirish dasturlariga kiritilgan korxonalarga bank kreditlarini ajratilishida ko'maklashildi, ular tomonidan 3,2 trln.so'm miqdorida xizmatlar ko'rsatildi, mahsulotlar ishlab chiqildi, 161,7 mln.doll. miqdorida eksport amalga oshirildi, 30,9 mingta ish o'rinlari yaratildi.

           Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish

           Jami bo'lib 25093 ta korxona va muassasalar ro'yxatga olindi, shundan  24969 tasiga Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan tegishli guvoxnomalar berildi.

           20,9 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 61,1 mingta ish o'rinlari yaratildi.

           Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 104,6 mlrd.so'm mablag' tushdi,  shundan 25,8 mlrd.so'm mahalliy byudjetlarga yo'naltirildi.

           Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish

           Xisobot davrida xususiy sektorga 542 ta davlat aktivlari (shundan 365 tasi 866,3 mlrd.so'm, 120,4 mln.doll. va 5,0 mln.yevro miqdorda investitsiya kiritish va 12,9 mingta  yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 185,3 mlrd.so'm shundan 1,01 trln. so'm, 325,7 mln.doll. va 5,0 mln.yevro miqdorida investitsiya majburiyatlari hamda 14,3 mingta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotildi.

           2018 yilning 1 yanvar holatiga Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish Jamg'armasiga  228,3 mlrd.so'm mablag' tushdi shundan 37,3 mlrd. so'm  respublika byudjetiga o'tkazildi.

           Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar

           Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 216 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 2,9 mln.doll. va 176,6 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 4913 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

           2018 yilning 1 yanvar holatiga  umumiy summasi 442,3 mln. doll. va 2,2 trl.so'mlik 985 ta shartnoma  shartlari  bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  147,2 mln.doll. va 1,02 trln.so'mni tashkil etdi, 9497 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

           Korporativ hisobotlar va biznes-rejalarning bajarilishi xolati

           2018 yilning 1 yanvar xolatiga 692 ta (139 ta AJ va 553 ta MCHJ) davlat ulushi bo'lgan korxonalar, shu jumladan 235 ta (96 ta AJ va 139 ta MCHJ) Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar  faoliyati monitoring qilindi.

           Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish

           Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 22,2 trl.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan  1,5 martaga ko'p.

           Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 2942 ta 302,5 mlrd.so'mlik aksiyalar va 2,0 mlrd.so'mlik korporativ obligatsiyalarni sotish-olish shartnomalari tuzildi.

           Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 3,4 trln.so'mni tashkil etdi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida  302,5 mlrd.so'm (2942 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda  3,1 trln.so'm (4332 ta bitim).

           Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

           O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 29 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 19 ta litsenziya berildi.

           Jami bo'lib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 255 ta litsenziya berilib, shundan 219 tasi amalda (192 tasi biznesni baholash, 22 tasi ko'char mulkni baholash, 5 tasi ko'chmas mulkni baholash), 36 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

 

           Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 41 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 30  ta litsenziya berildi.

           Jami bo'lib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 301 ta litsenziya berilib, shundan 261 ta litsenziya amalda, 40 tasini harakati to'xtatilgan.

           Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish  

           Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 4656 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 1272 tasi televidenie va 742 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlarida 978 ta maqolalar chop etildi, 1078ta e'lonlar berildi, 587 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

 

                                                       Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech