Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Qonunchilik bazasini takomillashtirish

Qo'mita tomonidan 72ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 2ta qonun loyihasi, 15ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 31ta Hukumat qarori loyihasi va 22ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar  ishlab chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 823ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (61 ta qonun loyihasi, 294ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 432 ta Hukumat qarori loyihasi, 36ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish

Qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va xatlovdan o'tkazish bo'yicha 14 ta mintaqaviy Idoralararo komissiyalar tuzildi.

Xatlov natijasida avval xususiylashtirilgan 39115 korxonalarning 3889 tasi  faoliyat ko'rsatmayotgani, 22670tasi faoliyat ko'rsatayotgani, 12 556ta bino va inshootlar buzib tashlangani yohud korxona balansida yo'qligi aniqlandi.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga mulkdorlar va tashabbuskorlar tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida faoliyat ko'rsatmayotgan va bo'sh ob'ektlarni tiklash bo'yicha 2740 ta investitsiya loyihalari “yo'l haritalari” ishlab chiqildi.

Bugungi kunga kelib, Idoralar aro komissiyalar tomonidan 2701 ta loyiha tasdiqlandi.

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'rgatuvchi Respublika o'quv markazida tashkil etilgan kurslarda 3925 ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi.

Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 3 taga qasqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 148 tani tashkil etdi.

407  ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko'rib chiqilib, asossiz hisoblangan 450,0 mln.so'm iste'molchilarga qayta hisob-kitob qilib berildi.

Raqobat muhitini rivojlantirish

O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 49 ta bozorlar o'rganildi, shundan 23 tasi moliya bozori, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 52 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 42 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi, qonunbuzarlik xolati aniqlanmagani sababli 10 ta murojaat bo'yicha ish qo'zg'atilishi rad etildi.

567 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 277 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

Qo'mitaga jami  5520 murojaatlar kelib tushgan, shundan 4118 – yozma,  1402- ishonch telefoni orqali.

Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida  jami 2,0 mlrd. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 1,8 mlrd. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha, 239,0 mln. so'm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

Reklama bozorini tartibga solish

O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 372 o'rganishlar o'tkazildi, shundan  221 ta holatda reklama to'g'risidagi  qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish xolatlari bo'yicha 112 ta yozma ko'rsatmalar berildi, 12 ta mansabdor shaxsga nisbatan 8,9 mln.so'mlik jarima qo'llanildi.

Zarar ko'rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash

Mahalliy xokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018 yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish o'rinlarini yaratish  dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalrni tijorat banklariga sotish bo'yicha Respublika komissiyasi tomonidan ma'qullandi.

Ushbu dasturlar doirasida 2017-2018 yillarda 2,9 trln. so'mlik investitsiyalarni, shu jumladan 646,1 mlrd.so'm tijorat banklarining kredit mablag'larini  jalb etish rejalashtirilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish

Jami bo'lib 26536 ta korxona va muassasalar ro'yxatga olindi, shundan  25365 tasiga Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan tegishli guvoxnomalar berildi.

19,2 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 62,5 mingta ish o'rinlari yaratildi.

Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 76,4 mlrd.so'm mablag' tushdi (o'sish -111,3%), shundan 25,8 mlrd.so'm mahalliy byudjetlarga yo'naltirildi.

Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish

Xisobot davrida xususiy sektorga 404 ta davlat aktivlari (shundan 274 tasi 590,9 mlrd.so'm va 126,4 mln.doll. miqdorda investitsiya kiritish va 10,4 mingta  yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 141,1 mlrd.so'm shundan 736,6 mlrd.so'm va 126,4 mln.doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari hamda 11,6 mingta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotildi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish Jamg'armasiga 175,9 mlrd.so'm mablag' tushdi shundan 37,3 mlrd. so'm  respublika byudjetiga o'tkazildi.

Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar 

Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 119 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 2,7 mln.doll. va 112,1 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 2780 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

2017 yilning 1 oktyabr holatiga  umumiy summasi 187,7 mln. doll. va 1,7 trl.so'mlik 958 ta shartnoma  shartlari  bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  128,8 mln.doll. va 932,7 mlrd.so'mni tashkil etdi, 9170 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

Korporativ hisobtlar va biznes-rejalarning bajarilishi xolati

2017 yilning 1 oktyabr xolatiga 699 ta (139 ta AJ va 560 ta MCHJ) davlat ulushi bo'lgan korxonalar, shu jumladan 244 ta (97 ta AJ va 147 ta MCHJ) Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar  faoliyati monitoring qilindi.

Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish

 Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 15,3 trl.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan  1,2 martaga ko'p.

Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 2190 ta 68,03 mlrd.so'mlik aksiyalar va 2,0 mln.so'mlik korporativ obligatsiyalarni sotish-olish shartnomalari tuzildi.

Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 750,3 mlrd.so'mni tashkil etdi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida  68,0 mlrd.so'm (2187 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda  680,3 mlrd.so'm (3384 ta bitim).

Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 19 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 13 ta litsenziya berildi.

Jami bo'lib, 2017 yilning 1 oktyabr holatiga 249 ta litsenziya berilib, shundan 213 tasi amalda (186 tasi biznesni baholash, 22 tasi ko'char mulkni baholash, 5 tasi ko'chmas mulkni baholash), 36 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 24 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 19  ta litsenziya berildi.

Jami bo'lib, 2017 yilning 1 oktyabr holatiga 290 ta litsenziya berilib, shundan 251 ta litsenziya amalda, 39 tasini harakati to'xtatilgan.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish xolati

Davlat raqobat qo'mitasi bo'yicha sud ishlarini monitoring qilish tizimi yaratildi va unga Qo'mitaning xududiy organlari ulandi.

«Narx-navo» dasturining yangi versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu dastur iste'mol tovarlari narxlarini respublika miqyosida  har o'n kunlik, Toshkent shahri bo'yicha har kunlik narxlarini, yillar bo'yicha narxlar dinamikasini monitoring qilish imkonini beradi. Bundan tashqari ma'lumotlarni bevosita mobil telefondan to'ldirish mumkin.

«Baxolash va rietorlik faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni onlayn qabul qilish»  dasturiga Davlat soliq qo'mitasining elektron raqamli imzosining yangi moduli kiritildi

(e-imzo).

Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish   

Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 3601 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 977 tasi televidenie va 562 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlari da 775 ta maqolalar chop etildi, 855 ta e'lonlar berildi, 432 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

                                                                           Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech