eye                     
   
 

Государственный комитет Республики Узбекистан по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции

Объявляет конкурс по определению поставщика партии компьютерной техники.

Объявляет конкурс по определению поставщика серверного оборудования.

Davlat raqobat qo'mitasining 2017 yilning I yarim yillik yakunidagi faoliyati to'g'risida

PRESS - RELIZ

           Qonunchilik bazasini takomillashtirish

         Qo'mita tomonidan 38ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (shundan 3ta qonun loyihasi, 10ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 18ta Hukumat qarori loyihasi va 7ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

            Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 525ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (41 ta qonun loyihasi, 161ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 299 ta Hukumat qarori loyihasi, 24ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

           Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish

           Qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va xatlovdan o'tkazish bo'yicha 14 ta mintaqaviy Idoralararo komissiyalar tuzildi.

           Xatlov natijasida avval xususiylashtirilgan 38805 korxonalarning 22 918tasi faoliyat ko'rsatayotgani, 3 513tasi faoliyat ko'rsatmayotgani, 12 374ta bino va inshootlar buzib tashlangani yohud korxona balansida yo'qligi aniqlandi.

           Joriy yilning 1 iyulь holatiga mulkdorlar va tashabbuskorlar tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida faoliyat ko'rsatmayotgan va bo'sh ob'ektlarni tiklash bo'yicha 2208 ta investitsiya loyihalari “yo'l haritalari” ishlab chiqildi.

           Bugungi kunga kelib, 2070 ta loyiha tasdiqlandi.

           Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'rgatuvchi Respublika o'quv markazi o'z ishini boshladi va uning Nizomi tasdiqlandi, tashkil etilgan kurslarda 1094 ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi.

           Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

            Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari 10 mahsulot turlari bo'yicha 151 tani tashkil etdi.

           37 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko'rib chiqilib, asossiz hisoblangan 248,8 mln.so'm iste'molchilarga qayta hisob-kitob qilib berildi.

          Raqobat muhitini rivojlantirish

           O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 45 ta bozorlar o'rganildi, shundan 22 tasi moliya bozori, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 32 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 18 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi.

           510 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 234 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

           Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

           Qo'mitaga jami  4018 murojaatlar kelib tushgan, shundan 3097 – yozma,  921- ishonch telefoni orqali.

           Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida  jami 1,7 mlrd. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 1,5 mlrd. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha, 200,0 mln. so'm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

           Reklama bozorini tartibga solish

           O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 280 o'rganishlar o'tkazildi, shundan  179 ta holatda reklama to'g'risidagi  qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish xolatlari bo'yicha 79 ta yozma ko'rsatmalar berildi, 11 ta mansabdor shaxsga nisbatan 8,5 mln.so'mlik jarima qo'llanildi.

           Zarar ko'rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash

           Mahalliy xokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018 yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish o'rinlarini yaratish  dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalrni tijorat banklariga sotish bo'yicha Respublika komissiyasi tomonidan ma'qullandi.

           Ushbu dasturlar doirasida 2017-2018 yillarda 2,9 trln. so'mlik investitsiyalarni, shu jumladan 646,1 mlrd.so'm tijorat banklarining kredit mablag'larini  jalb etish rejalashtirilgan.

           Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish

           Jami bo'lib 27385 ta korxona va muassasalar ro'yxatga olindi, shundan  27 368 tasiga Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan tegishli guvoxnomalar berildi.

           17,4 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 52,7 mingta ish o'rinlari yaratildi.

           Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 49,9 mlrd.so'm mablag' tushdi, shundan 24,8 mlrd.so'mi mahalliy byudjetlarga yo'naltirildi.

           Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish

           Xisobot davrida xususiy sektorga 169 ta davlat aktivlari (shundan 65 tasi 129,7 mlrd.so'm va 12,3 mln.doll. miqdorda investitsiya kiritish va 2047 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 97,9 mlrd.so'm shundan 150,0 mlrd.so'm va 12,3 mln.doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari hamda 2321 yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotildi.

           Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar 

           Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 69 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 1,6 mln.doll. va 44,1 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 1605 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

           2017 yilning 1 iyulь holatiga  umumiy summasi 192,2 mln. doll. va 1,5 trl.so'mlik 923 ta shartnoma  shartlari (shundan 15 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan)  bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  126,8 mln.doll. va 774,1 mlrd.so'mni tashkil etdi, 7516 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

           Korporativ hisobtlar va biznes-rejalarning bajarilishi xolati

           2017 yilning 1 iyulь xolatiga 705 ta (140 ta AJ va 565 ta MCHJ) davlat ulushi bo'lgan korxonalar, shu jumladan 248 ta (97 ta AJ va 151 ta MCHJ) Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar  faoliyati monitoring qilindi.

        Fond bozorini rivojlantirish

        Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 11,7 trl.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2,7 martaga ko'p.

          Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 1521ta 33,76 mlrd.so'mlik aksiyalar va 9,2 mln.so'mlik korporativ obligatsiyalarni sotish-olish shartnomalari tuzildi.

           Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 88,9 mlrd.so'mni tashkil etdi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida  33,8 mlrd.so'm (1521 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda 55,1 mlrd.so'm (2485 ta bitim).

           Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

           O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 10 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 7 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2017 yilning 1 iyulь holatiga 243 ta litsenziya berilib, shundan 208 tasi amalda (182 tasi biznesni baholash, 22 tasi ko'char mulkni baholash, 4 tasi ko'chmas mulkni baholash), 35 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

      Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 15 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 12 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2017 yilning 1 iyulь holatiga 283 ta litsenziya berilib, shundan 245 ta litsenziya amalda, 38 tasini harakati to'xtatilgan.

           Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish xolati

           AT DSQ, Infokom, Respublika tovar-xomashyo birjasining axborotlar bazasiga ulangan va bugungi kunda o'zaro elektron axborot almashuvi maketiga bo'lgan talablarga muvofiq kadastr va statistika organlari ning ma'lumotlar bazasiga ulanish jarayoni  yakunlanmoqda.

           qabul.gkk.uz elektron manzil bo'yicha Qo'mitaning hududiy organlari raxbarlarini virtual qabulxonalari va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish monitoringi moduli ishga tushirildi.

           Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish   

           Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 2523ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 731 tasi televidenie va 438 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlari da 586 ta maqolalar chop etildi, 460 ta e'lonlar berildi, 308 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

                                                                              Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus