eye                     
   
 

DAVLAT RAQOBAT QO'MITASINING 2017 YILNING 1 CHORAGI   YAKUNLARIDAGI FAOLIYATI TO'G'RISIDA

PRESS - RELIZ

O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, uning hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining 2017 yilning 1 choragidagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi №PF-4483-sonli “O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi.

     Qonunchilik bazasini takomillashtirish

     O'tgan hisobot davrida Qo'mita tomonidan 13 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (2 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, 4ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 6 ta Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi va 1 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

     Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 208 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (12 ta qonun loyihasi, 63 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 125 ta Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi, 8 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

      Davlat aktivlarini xususiylashtirish

         Hisobot davrida 83 ta davlat aktivlari (shundan, 27 tasi 48,9 mlrd so'm va 12,3 mln.doll. miqdoridagi investitsiya kiritish va 993 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 76,5 mlrd.so'm, shundan 57,5 mlrd.so'm va 12,3 mln.doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari va 1 131 dan ziyod yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan sotildi.

         Barcha manbalardan tushgan mablag' 65,2 mlrd.so'mni tashkil etdi, shundan 19,2 mlrd.so'mi respublika byudjeti xisobiga o'tkazildi.

     Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoringlar

     O'tgan hisobot davrida 28 ta shartnoma bo'yicha umumiy qiymati 16,6 mlrd.so'mlik investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 730 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratishga erishildi.

     2017 yilning 1 aprel holatiga umumiy summasi 183,8 mln. doll. va 1,5 trl.so'mlik 956 ta shartnoma shartlari (shundan 15 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan) bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 112,0 mln.doll. va 683,6 mlrd.so'mni tashkil etdi, 6910 yangi ish o'rinlari yaratildi.

     Fond bozorini rivojlantirish

       Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 1,0 trl.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,1 martaga ko'p.

         Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 530 ta 20,06 mlrd.so'mlik sotish-olish shartnomalari tuzildi.

 

Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 52,5 mlrd.so'mni tashkil etdi, shundan tashkillashtirilgan bozorda 20,1 mlrd.so'm (530 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda 32,4 mlrd.so'm (1601 ta bitim).

 

Aksiyalar ikkilamchi bozorida jismoniy shaxslar ishtirokida tuzilgan bitimlar xajmi 22,3 mlrd.so'mga teng bo'ldi, shundan 42,4 foizi ikkilamchi bozorga tegishli.

     Davlat mulkini ijaraga berish

     Hisobot davrida 14,1 mingga yaqin davlat mulki ob'ektlari ijaraga berildi, qo'shimcha yaratilgan ish joylari soni 44,2 mingtaga yetdi. Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 20,9 mlrd.so'm mablag' tushdi.

     Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 4 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 3 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2017 yilning 1 aprel holatiga 239 ta litsenziya berilib, shundan 206 tasi amalda (180 tasi biznesni baholash, 22 tasi ko'char mulkni baholash, 4 tasi ko'chmas mulkni baholash), 33 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

 

     Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 9 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 6 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2017 yilning 1 aprel holatiga 277 ta litsenziya berilib, shundan 241 ta litsenziya amalda, 36 tasini harakati to'xtatilgan.

       Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

       Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari 10 mahsulot turlari bo'yicha 151 tani tashkil etdi.

         Raqobat muhitini rivojlantirish

       O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 43 ta bozorlar o'rganildi, shundan 21 tasi moliya bozori, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 21 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 9 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi. 195 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 127 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

       Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

         Iste'molchilardan jami 2173 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 1609 tasi yozma shaklda va 566 tasi ishonch telefoni orqali.

       Jami murojaatlar bo'yicha 879,7 mln.so'm iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilib berildi, shundan 758,9 mln.so'm yozma murojaatlar bo'yicha va   120,7 mln.so'm ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

       Reklama faoliyatini tartibga solish

       Reklama qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 180 ta o'rganish va kuzatuvlar o'tkazilib, 80 ta holat bo'yicha qonun buzilishi holati aniqlandi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga 46 ta ko'rsatmalar berildi, 3 ta mansabdor shaxsga nisbatan jami 2,2 mln. so'm miqdorida ma'muriy jarima qo'llanildi.

         Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tashkil etilgan tadbirlar

       Ommaviy axborot vositalari va qo'mitaning rasmiy veb-sahifasi orqali axborot-reklama ishlari davom ettirildi, xalqaro tashkilotlar va elchixonalar bilan ishchi aloqalar, xorijiy ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvlar va muzokaralar amalga oshirildi va axborot-ma'lumot materiallar tarqatildi.

         Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 1421 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 439 tasi televidenie va 303 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlari da 350 ta maqolalar chop etildi, 159 ta e'lonlar berildi, 170 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

                                                          Davlat raqobat qo'mitasi аxborot xizmati

 

 

 

Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus