eye                     
   
 

DAVLAT RAQOBAT QO'MITASINING 2016 YIL   YAKUNLARI TO'G'RISIDA PRESS - RELIZ

O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, uning hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining 2016 yildagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 yanvardagi yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 fevraldagi 11-son joriy yil uchun mo'ljallangan iqtisodiy dasturining muhim ustuvor yo'nalishlarida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi.

      Qonunchilik bazasini takomillashtirish

      O'tgan hisobot davrida Qo'mita tomonidan 53 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (3 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi,

4ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 27 ta Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi va 19 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

      Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan 681 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (53 ta qonun loyihasi, 85 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 507 ta Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi, 36 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

       Davlat aktivlarini xususiylashtirish

         Hisobot davrida 609 ta davlat aktivlari (shundan, 275 tasi 580,8 mlrd so'm va 30,2 mln.doll. miqdoridagi investitsiya kiritish va 13 123 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 174,8 mlrd.so'm va 1,1 mln. AQSH dollari, shundan 580,8 mlrd.so'm va 30,2 mln.doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari va va 13 123 mingdan ziyod yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan sotildi.

      Bugungi kunda 413 ta davlat aktivlari, shu jumladan 65 tasi “nol” xarid qiymatida ommaviy savdolarga qo'yildi.

     Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoringlar

      Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 101 ta shartnoma bo'yicha umumiy qiymati 2,7 mln.doll. va 57,8 mlrd.so'mlik investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 2700 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

      2017 yilning 1 yanvar holatiga umumiy summasi 219,8 mln. doll. va 1,3 trl.so'mlik 871 ta shartnoma shartlari (shundan 13 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan) bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 113,0 mln.doll. va 559,7 mlrd.so'mni tashkil etdi, 6500 yangi ish o'rinlarini yaratildi.

      Fond bozorining holati

      Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 14,5 trl.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 4,1 martaga ko'p.

Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 4337ta sotish-olish shartnomalari tuzildi. Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 1,27 trln.so'mni tashkil etdi.

      Davlat mulkini ijaraga berish

      Hisobot davrida 20,2 mingga yaqin davlat mulki ob'ektlari ijaraga berildi, qo'shimcha yaratilgan ish joylari soni 64,8 mingtaga yetdi. Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 91,6 mlrd.so'm mablag' tushdi.

     Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 41 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 25 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga 236 ta litsenziya berilib, shundan 204 tasi amalda (177 tasi biznesni baholash, 23 tasi ko'char mulkni baholash, 4 tasi ko'chmas mulkni baholash), 32 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

      Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 56 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 31 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga 272 ta litsenziya berilib, shundan 238 ta litsenziya amalda, 34 tasini harakati to'xtatilgan.

      Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 112 taga qisqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 151 tani tashkil etdi.

     Raqobat muhitini rivojlantirish

O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 394 ta bozorlar o'rganildi, shundan 390 tasi tovar bozorlari va 4 tasi moliya bozori, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 64 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 19 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan 24 ta ish qo'zg'atildi. 630 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 492 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

      Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

Iste'molchilardan jami 6843 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 5011 tasi yozma shaklda va 1832 tasi ishonch telefoni orqali murojaatlardir.

Jami murojaatlar bo'yicha 2,9 mlrd.so'm iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilib berildi, shundan 2,5 mlrd.so'm yozma murojaatlar bo'yicha va 443,5 mln.so'm ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

     Reklama faoliyatini tartibga solish

Reklama qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 425 ta o'rganish va kuzatuvlar o'tkazilib, 236 ta holat bo'yicha qonun buzilishi aniqlandi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga 179 ta ko'rsatmalar berildi va 66 ta mansabdor shaxslarga nisbatan jami 41,9 mln. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanildi.

         Respublika hududlarida korxonalarni moliyaviy

         sog'lomlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish dasturlari doirasida 2016 yilda 2,5 mingdan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Dasturlarning belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarildi. Xususan dasturlardagi loyihalarga jami 2 221,7 mlrd.so'mlik investitsiyalar, shundan 593,1 mlrd.so'm bank kreditlari jalb qilindi

va 3 170,0 mlrd.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

        Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tashkil etilgan tadbirlar

Ommaviy axborot vositalari va qo'mitaning rasmiy veb-sahifasi orqali axborot-reklama ishlari davom ettirildi, xalqaro tashkilotlar va elchixonalar bilan ishchi aloqalar, xorijiy ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvlar va muzokaralar amalga oshirildi va axborot-ma'lumot materiallar tarqatildi.

Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 4293 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 1226 tasi televidenie va 798 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlari da 974 ta maqolalar chop etildi, 707 ta e'lonlar berildi, 588 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

Kalit so'zlar: faoliyat yakunlari, asosiy ko'rsatkichlar.

Qo'mita axborot xizmati

 

Attachments:
Download this file (itogi_2016_uz.doc)2016 yil uchun[Yuklash]34 kB
Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus